Search
Search Results
-
YON АMIOTROFIK SKLEROZ VA UNI BOSHQA MOTONEYRON KASALLIKLARIDAN FARQLASH
Ushbu maqolada yon amiotrofik skleroz, miasteniya gravis va Giyen–Barré sindromining etiopatogenezi, klinik belgilari, va differensial diagnostikasi tahlil qilinadi. Mushak zaifligi uchala kasallikda asosiy simptom bo‘lsa-da, ularning kelib chiqishi, rivojlanish sur’ati va prognozi tubdan farq qiladi. Yon amiotrofik skleroz progressiv neyrodegenerativ kasallik bo‘lib, yuqori va pastki motoneyronlarning bir vaqtda zararlanishi bilan namoyon bo‘lsa, miasteniya gravis kasalligi tana mushaklarining zaifligi, charchoqlik, ko‘z mushaklarida ptoz va diplopiya, yutinishni qiyinlashuvi, nutqning zaifligi bilan namoyon bo‘ladi. Giyen–Barré kasalligi o‘tkir autoimmun poliradikulonevropatiya bo‘lib, periferik nervlarning mielin qobig‘i yoki aksonlari zararlanishi bilan kechadi.