Search
Search Results
-
MUCHALARNING YUMSHOQ TO‘QIMALARINING YIRINGLI JAROHATLARINI FIZIK-KIMYOVIY USULLAR VA UZOQ MUDDATLI LAVAJ YORDAMIDA KOMPLEKS DAVOLASH USULINI AMALIYOTDA QO‘LLASH
Qo‘l-oyoq yumshoq to‘qimalarining yiringli jarohatlari zamonaviy jarrohlikning eng murakkab va ijtimoiy ahamiyatga ega muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Maqolada qo‘l va oyoq yumshoq to‘qimalari yiringli yaralarining og‘ir shakllari bilan og‘rigan bemorlarni takomillashtirilgan fizik-kimyoviy usul va jarohatlarni uzoq vaqt lavaj qilish orqali davolash natijalarini yaxshilashdan iborat va bunda oyoq-qo‘llarning yiringli kasalliklari bilan og‘rigan 113 nafar bemorni tekshirish va davolash ma’lumotlari tahlil qilindi, ulardan I taqqoslash guruhiga an’anaviy davolash usuli qo‘llanilgan 65 nafar bemor kiritildi. II - asosiy guruhga 48 nafar bemor kiritilgan bo‘lib, ushbu guruhdagi bemorlarni davolashda an’anaviy davolash usuliga qo‘shimcha ravishda ultrabinafsha nurlari va 25% li dimeksid eritmasi bilan jarohatlarni uzoq muddatli lavaj qilish o‘tkazildi.