Найти
Результаты поиска
-
BACHADON TANASI FIBROMATOZI MAVJUD BO’LGAN AYOLLAR HOMILADORLIGIDAN SO’NG YO’LDOSH TUZILMALARIDA RIVOJLANADIGAN O‘ZGARISHLARNING PATOMORFOLOGIK TAHLILI
Bachadon tanasi fibromatozi mavjud bo’lgan ayollar homiladorligidan so’ng yo’ldosh tuzilmalarida rivojlanadigan o‘zgarishlarning patomorfologik tahlilini o’tkazish maqsadida homilador bo’lgan 42 nafar ayollarda bochandon tanasi fibromatozi tufayli ekstrapatsiya qilingan bachadondan olingan to’qima bo’laklari patomorfologik tekshiruvdan o’tkazilgan. Aniqlanganki, bachadon tanasi fibromatoz kasalligi fonida rivojlangan homiladorlikda 35-40 yoshgacha bo’lgan ayollar yo‘ldosh to‘qimasi ishemiya holatida, vorsinkalarda fibroz to‘qima o‘sganligi, vorsinkalar aro bo‘liqning to‘liq fibrin bilan yopilganligi, sintisiotrofoblastlarning o‘sganligi, katta o‘choqli fibrinoid nekroz aniqlanadi. 40-45 yoshgacha bo’lgan ayollar yo‘ldosh to‘qimasining diffuz fibrinoid nekroz belgilari va ishemiya aniqlanadi. 45 yoshdan katta bo’lgan ayollar yo‘ldosh to‘qimasi ishemiyasi, ayrim vrsinkalarda fibrinoid nekroz o‘choqlari aniqlanadi
-
BACHADON TANASI FIBROMATOZI FONIDA KECHGAN HOMILADORLIKDA MIOMETRIY TUZILMALARIDAGI PATOMORFOLOGIK O‘ZGARISHLAR
Homilador bo’lgan 35 nafar ayollarda bochandon tanasi fibromatozi tufayli ekstrapatsiya qilingan bachadondan olingan to’qima bo’laklari patomorfologik tekshiruvdan o’tkazilgan. Aniqlanganki, bachadon tanasi fibro matoz kasalligi turli yoshdagi homiladorlik va tug‘ruqlar soni turlicha bo‘lgan ayollarda uchrashi mumkin. Fibromatoz o‘zgargan sohalarga yaqin joylashgan miometriy to‘qimalarida distrofik, nekrotik va sklerotik jarayonlar rivojlanishi qayd etiladi. Shunigdek biriktiruvchi to‘qima o‘sib kirgan sohalarda lifotsitar infiltratsiya kuzatiladi.