Найти
Результаты поиска
-
GEMORRAGIK INSULTDA NEYROYALLIGLANISH VA NEYROPLASTIKLIK JARAYONLARINI OPTIMALLASHTIRISH
Gemorragik insultli bemorlarni davolashning zamonaviy usullari dastlabki bosqichdan to`g`ri va samarali terapiyani o`tkazish uchun ko`proq ma`lumot beruvchi usullardan foydalanishni talab etadi. Hujayra adgeziya molekulalari va neyroplastiklik biomarkerlaridan foydalanish kasallikning og`irligi va oqibatlarini bashorat qilishga yordam beradi va gemorragik insultning dastlabki bosqichida tegishli terapiyani qo`llashga imkon beradi. Tadqiqotda nevrologik shkalalar, laborator tekshiruvlarning natijalari va terapiyaning qiyosiy tahlili natijalari ko`rsatilgan. Gemorragik insultli bemorlarni davolashning tavsiya etilgan usuli davolash samaradorligini oshirib harakat buzilishlarining, kognitiv etishmovchilikning tiklanish vaqtini qisqartirishga hamda nogironlikning kamayishiga olib keladi.