##common.search##
##search.searchResults##
-
SURUNKALI BUYRAK KASALLIGI RIVOJLANISHIDA METABOLIK SINDROM KOMPONENTLARINING AHAMIYATI
Tadqiqot maqsadi: metabolik sindromi bor bemorlarda qandli diabet 2-turi davomiyligiga bog‘liq ravishda buyrak funksional holati o‘rganildi. 120 nafar metabolik sindromi bor bemorlarda tana vazni indeksi (TVI), bel aylanasi, son aylanasi, qon umumiy tahlili, lipidlar spektri, aterogenlik indeksi, nahorgi glyukoza, glikirlangan gemoglobin, glomerulyar filtratsiya tezligi (GFT) va albuminuriya darajasi aniqlandi.
Natijalar: 2-tur qandli diabetda buyrak shikastlanishi uchun mustaqil xavf omili ekanligi aniqlandi.
Xulosa: Semizlik bor 2-tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlar guruhida giperfiltratsiya, mikroalbuminuriya va proteinuriya darajasi semizlik yo‘q 2-tur qandli diabet bilan solishtirganda yuqori ko‘rsatkichga ega. -
SEMIZLIK: ZAMONAVIY MUAMMO VA BITEMPORAL INDUKTOTERMIYANING DAVOLASHDAGI O‘RNI
Semizlik bugungi kunda jahon miqyosida tobora jiddiy dolzarb muammo sifatida qaralmoqda. Dunyo bo‘ylab o‘sayotgan ortiqcha vazn va semizlik holati nafaqat tashqi ko‘rinishga, balki yurak-qon tomir, metabolik va endokrin tizimlarga ham salbiy taʼsir ko‘rsatmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) hisobotlariga ko‘ra, 2025 yilga kelib global aholi orasida semizlikning tarqalishi sezilarli darajada oshgan. Masalan, AQShda kattalar orasida semizlik darajasi 36–38% ni tashkil etmoqda. Evropa va boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarda esa bu ko‘rsatkich ancha pastroq bo‘lsada, izchil ortish tendensiyasi kuzatilmoqda.