Maqolalarni taqdim etish va nashrning barcha bosqichlarida maqomni kuzatib borishning qulay tizimi.
##context.contexts##
«Медицина и инновации / Journal of Medicine and Innovations» — рецензируемый научный журнал, посвящённый актуальным вопросам современной медицины, клинических исследований и медицинских инноваций. Журнал публикует оригинальные научные статьи, обзорные работы и результаты клинических исследований, направленные на развитие медицинской науки, внедрение современных технологий диагностики и лечения, а также повышение эффективности медицинской практики. Тематика журнала охватывает различные направления медицины, включая клиническую медицину, стоматологию, биомедицинские исследования, общественное здравоохранение и инновационные медицинские технологии. В журнале публикуются работы ученых и практикующих врачей из разных стран, что способствует развитию международного научного сотрудничества.
“Oʻzbekiston tibbiyot axborotnomasi” — Toshkent davlat tibbiyot universiteti tomonidan nashr etiladigan ilmiy taqriz qilinadigan jurnal bo‘lib, zamonaviy tibbiyotning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan. Jurnalda fundamental va klinik tadqiqotlar natijalari, ilmiy sharhlar hamda amaliy shifokorlar uchun materiallar chop etiladi. Maqolalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.
Jurnal Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan (guvohnoma № 040226). Jurnal 2023-yil 5-maydan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan tibbiyot fanlari boʻyicha dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar roʻyxatiga kiritilgan (OAK Rayosatining № 337-son qaroriga muvofiq). ISSN: 2181-4007. Nashr sanasi: 24.09.2022 (nusxalari ilova qilinadi).
«Междисциплинарный журнал психиатрии и аддиктологии» — это рецензируемое научно-практическое издание, учрежденное Республиканским специализированным научно-практическим медицинским центром наркологии. Журнал служит профессиональной платформой для публикации оригинальных исследований, обзоров и клинических случаев, охватывающих широкий спектр вопросов психического здоровья и зависимого поведения. Основное внимание уделяется интеграции знаний из области психиатрии, наркологии, медицинской психологии и нейронаук, а также внедрению современных методов диагностики, лечения и профилактики аддиктивных расстройств в клиническую практику.
«Центральноазиатский медицинский журнал» — это рецензируемый научный журнал, публикующий оригинальные научные статьи. Издание было основано при Ташкентской медицинской академии в 2011 году. Основная цель данного научного журнала — содействовать развитию образовательной и научно-исследовательской деятельности среди преподавателей, аспирантов и студентов в области медицинских наук, медицинского образования, общественного здравоохранения, сестринского дела, реабилитации и терапии.
"QON AYLANISH KASALLIKLARI XALQARO JURNALI" — 2024-yildan buyon nashr etib kelinayotgan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida ro‘yxatdan o‘tgan ilmiy-amaliy jurnal (ISSN 3060-4931) hisoblanadi. Jurnal tibbiyot fanlari doktori, professor M.M. Asadullayev muharrirligida nashr etilib, kardiologiya va angiologiya sohasi mutaxassislari uchun dolzarb ilmiy axborotning ishonchli manbai bo‘lib xizmat qiladi. Jurnal qon aylanish tizimi kasalliklariga oid muammolarga bag‘ishlangan bo‘lib, unda zamonaviy fundamental tadqiqotlar natijalari (jumladan, qonning funksional xususiyatlari va molekulyar mexanizmlariga oid tadqiqotlar), ekspertlarning fikrlari, klinik tavsiyalar hamda klinik holatlar tahlili e’lon qilinadi. Shuningdek, jurnal qon tomir kasalliklarini diagnostika qilish, oldini olish va davolashning yangi samarali yechimlarini, jumladan, sun’iy intellekt kabi zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash masalalarini yoritadi hamda aholi uchun amaliy tavsiyalarga alohida e’tibor qaratadi.
"Markaziy Osiyo Pulmonologlari Uyushmasining Axborotnomasi" ilmiy-amaliy jurnali Toshkent davlat tibbiyot universiteti tomonidan 1996-yildan boshlab o‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr etib kelinmoqda. Nashr xalqaro tarqalish hududini qamrab olgan bo‘lib, A-4 formatidagi 120 dan 350 sahifagacha bo‘lgan hajmga ega va uch oyda bir marta (har chorakda) chop etiladi. Jurnal respirator kasalliklar va tuberkulyozning asosiy nozologik shakllarini tashxislash va davolashning keng ko‘lamli muammolarini, O‘zbekistonda va umuman dunyoda sog‘liqni saqlash va tibbiyot fanining nazariy va amaliy muammolarini yoritib boradi. Dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalari PhD vaDSs , shuningdek, yaqin va uzoq xorijlik olimlar nashr etadi.
“Yosh olimlar tibbiyot jurnali” O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2023-yil 5-maydagi 337/6-son qarori bilan tibbiyot fanlari bo‘yicha dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan milliy ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.
E-Conference Platform — ilmiy konferensiyalar, simpoziumlar va boshqa akademik tadbirlar materiallarini nashr etishga mo‘ljallangan elektron nashriyot platformasidir. Platforma ilmiy tadqiqotlar natijalarini keng ommaga yetkazish hamda ilmiy va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi. Konferensiya tashkilotchilariga materiallarni tayyorlash va nashr etishning barcha bosqichlarida nashriyot ko‘magi taqdim etiladi. Nashr etilgan materiallar Google Scholar tizimida indekslanadi, bu esa ularning xalqaro ilmiy hamjamiyat uchun ochiqligi va foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi.
Журнал зарегистрирован Агентством информации и массовых коммуникаций при Администрации Президента Республики Узбекистан (свидетельство № 334961). Постановлением Президиума ОАК № 374/6 от 25 августа 2025 года журнал «Тиббиёт асолари» включён в перечень республиканских научных изданий, рекомендуемых для публикации основных научных результатов диссертаций по медицинским наукам.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) qaroriga muvofiq, “Pediatriya” jurnali Oʻzbekiston Respublikasida nashr etiladigan yetakchi taqrizdan oʻtuvchi ilmiy jurnallar va nashrlar roʻyxatiga kiritilgan boʻlib, unda tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqotlarining asosiy natijalarini chop etish tavsiya etiladi (OʻzR OAK Rayosatining 2013-yil 30-dekabrdagi № 201/3-son qarori bilan tasdiqlangan).
PARADEIGMA INSAIT — gumanitar va filologik ilmiy-tahliliy jurnal. Jurnal 2026-yil 20-may kuni ommaviy axborot vositasi sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan (davlat roʻyxatidan oʻtganlik guvohnomasi № 1596143). Jurnal Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish uchun tavsiya etilgan ilmiy nashrlar roʻyxatiga kiritilishi rejalashtirilgan.
Klinik va profilaktik tibbiyot jurnali — recenziyalanadigan ilmiy-amaliy nashr bo‘lib, tibbiyot fanlari sohasidagi original ilmiy maqolalar va tadqiqot natijalarini e’lon qiladi. Jurnal Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti tomonidan ta’sis etilgan va o‘zbek, rus hamda ingliz tillarida nashr etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi qaroriga muvofiq jurnal tibbiyot fanlari bo‘yicha dissertatsiyalar asosiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan milliy ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan. Jurnalning asosiy maqsadi tibbiyot, jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlash sohalaridagi ilmiy tadqiqotlarni ommalashtirish, olimlar va amaliyotchi mutaxassislar o‘rtasida ilmiy hamkorlikni rivojlantirish hamda zamonaviy ilmiy yutuqlar almashinuvini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Open Book Science — ilmiy va o'quv adabiyotlarini nashr etish uchun ochiq platforma bo'lib, monografiyalar, darsliklar, o'quv qo'llanmalari, lug'atlar, konferensiya materiallari va boshqa ilmiy asarlarni o'z ichiga oladi. Bu yerda turli fan sohalaridagi — tilshunoslikdan tortib aniq fanlargacha — tadqiqotchi va mualliflar o'z g'oyalari uchun makon topadilar. Nashrlarning katta qismi o'quvchilar uchun bepul taqdim etiladi, ba'zi kitoblarni esa muallif xohishiga ko'ra sotib olish mumkin — shu tariqa platforma bilimlarga ochiq kirish va muallifning o'z mehnatiga bo'lgan huquqi o'rtasidagi muvozanatni saqlaydi. Platforma TNMU nashriyot infratuzilmasi asosida ishlaydi.
Akusherlik, ginekologiya, perinatal va reproduktiv tibbiyot jurnali — akusherlik, ginekologiya, perinatal va reproduktiv tibbiyot, ona va bola salomatligini muhofaza qilishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy nashrdir. Jurnal diagnostika, profilaktika va davolashning zamonaviy usullarini takomillashtirish, perinatal yordamni rivojlantirish, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, organlarni saqlovchi va zamonaviy jarrohlik texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan klinik ahamiyatga ega hamda metodologik jihatdan asoslangan ilmiy tadqiqotlarni nashr etadi. Shuningdek, dalillarga asoslangan tibbiyot, zamonaviy tibbiy texnologiyalar, prognostik modellar va innovatsion ishlanmalarga alohida e’tibor qaratilib, ilmiy natijalarni klinik amaliyotga tatbiq etish va xalqaro kasbiy hamkorlikni rivojlantirish ko‘zda tutiladi.
