##about.aboutContext##

Jurnal Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan (guvohnoma № 040226).

Jurnal 2023-yil 5-maydan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan tibbiyot fanlari boʻyicha dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar roʻyxatiga kiritilgan (OAK Rayosatining № 337-son qaroriga muvofiq).

ISSN: 2181-4007. Nashr sanasi: 24.09.2022 (nusxalari ilova qilinadi).

Jurnalda chop etilgan maqolalar Oʻzbekiston va xorijda ilmiy darajalarni olish uchun dissertatsiyalarni himoya qilishda e’tiborga olinadi.

Nashrga ilgari hech qayerda chop etilmagan va boshqa nashrlarga taqdim etilmagan maqolalar qabul qilinadi. Tahririyatga kelib tushgan maqolalar taqrizdan oʻtkaziladi. Mualliflar maqolalarda keltirilgan ma’lumotlarning ishonchliligi uchun javobgardirlar. Materiallardan foydalanilganda jurnal va maqola mualliflariga havola berilishi shart.

Materiallar muallif tahririda chop etiladi.

Tahrir hay’ati a’zolari fan doktorlari va fan nomzodlaridan iborat. Jurnal tahririyatiga kelib tushgan barcha ilmiy maqolalar majburiy ikki tomonlama anonim taqrizdan oʻtkaziladi (taqrizchi mualliflarni bilmaydi, mualliflar esa taqrizchilarni bilmaydi).

Barcha maqolalar quyidagi tuzilma talablariga javob berishi kerak: maqola nomi (iqtibos keltirish uchun havola bilan); mualliflar, ularning lavozimi va ish joyi, mamlakat, shahar, aloqa ma’lumotlari; maqolaning qabul qilingan sanasi, taqrizdan oʻtgan sanasi, roʻyxatga olingan sanasi, chop etilgan sanasi; annotatsiya va kalit soʻzlar; maqola matni; tadqiqotni moliyalashtirish masalalari, manfaatlar toʻqnashuvi, bioetika masalalari; foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati.

Jurnal gumanitar va tabiiy fanlar sohasidagi ilmiy va amaliy innovatsion yangiliklarni har tomonlama yoritishni; yangi ilmiy ishlanmalar va ta’lim usullari haqidagi ma’lumotlarni tarqatishni ta’minlaydi hamda ilmiy tadqiqotlar va uslubiy ishlar darajasini oshirishni, jurnal imkoniyatlaridan keng va samarali foydalanishni maqsad qiladi.