• Register
  • Login
    • en
    • ru
    • uz
  • en
  • ru
  • uz
Register Login
  • Current
  • Archives
    • About the Journal
    • Submissions
    • Editorial board
    • Privacy Statement
    • Contact
Current Archives
About the Journal Submissions Editorial board Privacy Statement Contact
  1. Home
  2. Search

Search

Advanced filters
Published After
Published Before

Search Results

##search.searchResults.foundPlural##
  • QANDLI DIABET BILAN XASTALANGAN ONALARDAN TUG‘ILGAN AVLODLAR ICHKI A’ZOLARIDAGI PATOMORFOLOGIK O‘ZGARISHLAR TO‘G‘RISIDAGI ZAMONAVIY TASAVVURLAR

    Adilbekova D.B., Toshpo‘latov S.S., Odilova S.B., Erkinova Z.U., Umbetova E.Y., Izzatullayeva Z.X.

    Oxirgi yillarda qandli diabet kasalligi keng tarqalgan endokrin kasallik sifatida ko‘pgina davlatlar uchun tibbiy-ijtimoiy muammolardan bo‘lib qoldi. Bu ko‘pincha ushbu kasallikdagi turli xil asoratlarning ko‘p uchrashi holatlari bilan bog‘liq (ko‘rlik, ingichka ichagi yetishmovchiligi, infarkt miokard, me’da-ichak tizimi yetishmovchiliklari, oyoqlar gangrenasi va boshqalar). Bu asoratlar esa o‘z navbatida bemorlar mehnat qobiliyatining yo‘qotilishiga va nogironlikka olib keladi. Qandli diabet kasalligida turli a’zolarning shikastlanishlari ko‘p o‘rganilgan, ammo, afsuski a’zolarning morfofunksional holati, ayniqsa ingichka ichakning qon tomirlari va to‘qima strukturalari morfofunksional aspektlari hanuzgacha yetarlicha chuqur oʼrganilmagan. Hozirga qadar qandli diabet kasalliklaridagi a’zolar shikastlanishlari morfofunksional xususiyatlari, patogenezi mexanizmlari, ayniqsa ushbu kasallik bilan xastalangan onalardan tug‘ilgan avlod ichki a’zolari ante- va postnatal morfogenezi, shikastlanishlarining patomorfologik mexanizmlari yetarli darajada o‘rganilmagan. Holbuki, ushbu kasallikni chuqur o‘rganishlar kasallik asoratlari yakuniga taʼsir ko‘rsatish, davolash sifati va natijalarini yaxshilash imkoniyatlarini beradi. Shunday qilib, ushbu vazifalarni hal etish yo‘llarini izlash mazkur sohadagi muammolarning dolzarbligi va muhimligini belgilab beradi.

    154-157
    10-06-2025
    Read more
  • QANDLI DIABET KASALLIGI SHAROITIDA TUG‘ILGAN AVLOD INGICHKA ICHAGINING MORFOLOGIK TAVSIFI

    Rasbergenov A.A., Adilbekova D.B., Toshpo‘latov S.S., Ahrorov A.А.

    Olingan natijalar eksperimental ravishda qo‘zg‘atilgan qandli diabet bilan kasallangan onalardan tug‘ilgan bolalarda ichak morfologiyasida sezilarli o‘zgarishlar mavjudligini ko‘rsatadi. Bu o‘zgarishlarga shilliq qavat va mushak qavatlari qalinligining pasayishi, kriptlar balandligining pasayishi, epiteliy hujayralari sonining kamayishi, qon tomirlari va limfa tugunlari zichligining pasayishi kiradi. Ichak devorining shilliq va mushak qatlamlari qalinligining pasayishi onaning giperglikemiyasi ta'sirida gistogenezning buzilishi bilan bog‘liq. Kriptlarning balandligi va ularning sonining kamayishi epiteliyani qayta tiklash jarayonlarida buzilishdan dalolat beradi. Bu hujayralarning proliferativ faolligining pasayishiga, ichakning so‘rilish qobiliyatining pasayishiga va yallig‘lanish jarayonlarining rivojlanish xavfini oshirishga olib kelishi mumkin. Hujayralar sonining kamayishi shilliq qavatning sekretor funktsiyasi buzilganligini ko‘rsatadi. Epiteliya hujayralari shilliq qavatni himoya qilishda asosiy rol o‘ynaydi va ularning kamayishi ichak to‘sig‘ining o‘tkazuvchanligini oshirishga olib kelishi mumkin. Submukozadagi qon tomirlari va limfoid tugunlari zichligining pasayishi ingichka ichakning qon ta'minoti va immun funktsiyasining buzilishini ko‘rsatadi. Bu giperglikemiya ta'sirida buzilgan angiogenez va limfopoez bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Giperglikemiya kollagen va elastin kabi strukturaviy oqsillar sintezining buzilishiga olib keladi, bu esa to‘qimalarning mustahkamligi va elastikligining pasayishiga, shuningdek DNK metilatsiyasining o‘zgarishiga olib keladi, bu esa gistogenez va hujayra differentsiatsiyasini tartibga soluvchi genlar ekspressiyasining buzilishiga olib keladi.

    82-86
    10-06-2025
    Read more
1 - 2 of 2 items

Information

  • For Readers
  • For Authors
  • For Librarians

Latest publications

  • Atom logo
  • RSS2 logo
  • RSS1 logo
TNMU Publishing

We bring together researchers, knowledge, and technology to accelerate medical progress and improve public health.

 

Navigation

Home
Journals
Conferences
To Authors
To Reviewers
Publishing services

Support

Guidelines for authors
Publication ethics
About us
FAQ
Feedback

Contacts

 
Uzbekistan, Tashkent,
Almazar District, Shifokorlar, 21
 
(+998) 91 164 24 40
 
publishing@tnmu.uz
© Copyright 2026 TNMU Publishing All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer
Login
Journal of humanities & natural sciences
Login
* Required
* Required
Forgot your password?
Keep me logged in
Register