Найти
Результаты поиска
-
ADENOMIOZDA HOMILADORLIK, TUG’RUQ ASORATLARINI BAHOLASH
Endometrioz va adenomioz nafaqat dismenoreya, surunkali chanoq sohasidagi ogʼriqlar, bepushtlik kabi simptomlari chaqiradi, balki soʼnggi vaqtlarda ular bir qator akusherlik asoratlariga ham sabab bo‘lmoqda. Endometrioz, adenomioz va homiladorlik asoratlari oʼrtasidagi oʼzaro bogʼliqlik reproduktiv tibbiyot sohasida yangi mavzu sifatida rivojlanmoqda. Shuni hisobga olgan holda, bizning tadqiqotimiz maqsadi adenomiozi mavjud ayollarda homiladorlik va tug’ruq, tug’ruqdan keyingi davr kechishini o‘rganish bo‘ldi. Tadqiqot natijalari adenomiozli ayollarda akusherlik va perinatal asoratlarning yuqori chastotasini ko‘rsatdi.