Найти
Результаты поиска
-
OSHQOZONNING MORFOLOGIK TUZILISHI VA O’ZGARISHLARIGA “JO’YZAR” SIHATGOHI SUVINING TA’SIRI
Dunyo aholisining deyarli yarmi oshqozon-ichak trakti kasalliklaridan aziyat chekmoqda. Statistik ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, oshqozon-ichak kasalliklari tarkibida gastrit kasalligining ucrash darajasi 80% dan ortiq. Bugungi kunda bu jiddiy kasallik nafaqat kattalar, balki maktab yoshidagi bolalar va talabalarda ham ko’p kuzatiladi. Gastritning eng keng tarqalgan sababi noto'g'ri ovqatlanishdir: shoshilinch va pala-partish ovqatlanish, chaynalmagan yoki quruq ovqat; juda issiq yoki juda sovuq ovqat; achchiq ovqatlarni iste'mol qilish (asosan achchiq va juda sho'r ovqatlar). Ko'pincha kasalliklar neyro-psixik zo’riqish holatida bo'lgan, sog'lom ovqatlanishni e'tiborsiz qoldiradigan, spirtli ichimliklarni suiiste'mol qiladigan va chekadigan odamlarda rivojlanadi.
Ishdan maqsad: Tajriba hayvonlarida oshqozon devorining makro va mikroskopik mikrotopografik xususiyatlarini normal sharoitda va “Jo’yzar” shifobaxsh ichimlik mineral suvini qabul qilishdan so’ng o‘rganish shuningdek, natijalarni va ma’lumotlarni to‘ldirish hisoblandi.