##semicolon##
qoʻlyozma, xattotlik, uslub, qogʻoz, rasm.##submission.citations##
Oʻzbekiston Obidalaridagi bitiklar Xiva 2-jild, T-2022
Oriental miniatures volume II: 18th-19th centuries
Uzbekistan: Monuments of Islam, Tashkent. 2002
“Bitik-ahllari” mavzusi sharqona tamaddun, ayniqsa, islomiy san’atda alohida oʻrin egallagan xattotlik an’analarini tadqiq qilishga bagʻishlangan. Bu mavzu orqali nafis yozuv san’atining tarihiy ildizlari, uning taraqqiyoti, goʻzalikka oid va ma’naviy jihatlari chuqur tahlil qilinadi. Xattotlik san’ati avloddan-avlodga oʻtib Qur’oni karim oyatlari, hadislar, adabiy asarlar va tarihiy qoʻlyozmalarni goʻzal shaklda bayon vositasi sifatida rivojlangan.
Toshkent zamonaviy xattotligi va umuman Markaziy Osiyo hududida ham maktablari shakllanib, oʻziga xos uslublar paydo boʻlgan. Nufuzli xattotlarning ijodi oʻz davrining ma’naviy merosga oid taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan. Ular yaratgan qoʻlyozmalar bugungi kunda ham muzeylar, kutubhonalar va arxivlarda bebaho meros sifatida saqlanmoqda.
Mavzu davomida xattotlikning turli bitik shakllari-kufiy, nash, suls,nastaliq, shikasta kabi uslublar va ularning muhim hususiyatlari haqida soʻz yuritiladi. Mazkur yozuvlarning yozish tehnikasi va ishlatiladigan an’anaviy vositalar- qalam, siyoh, tush, qogʻoz haqida aytib oʻtiladi.
Hozirgi zamonda xattotlik san’ati yangicha tehnologiyalar va grafik dizayn bilan uygʻunlashib, yangi koʻrinishlarda qayta tiklanmoqda. Bu esa bitik ahli merosining abadiyligini va yosh avlodga ilhom berishda davom etayotganini koʻrsatadi.
Oʻzbekiston Obidalaridagi bitiklar Xiva 2-jild, T-2022
Oriental miniatures volume II: 18th-19th centuries
Uzbekistan: Monuments of Islam, Tashkent. 2002