##common.search##
##search.searchResults##
-
O‘ZBEKISTON SHAROITIDA HOMILADOR AYOLLARDA D VITAMINI TANQISLIGINING TARQALGANLIGI VA UNING AKUSHERLIK HAMDA PERINATAL ASORATLAR BILAN BOG‘LIQLIGI
JSST ning 2022-yilgi ma’lumotlariga ko‘ra D vitamin tanqisligi jahon miqyosida pandemik xarakter kasb etib, ayniqsa homilador ayollar guruhida mintaqalar kesimida 19 % dan 90 % gacha yuqori chastotada uchraydi. Markaziy Osiyo jumladan, O‘zbekiston quyosh radiatsiyasi yuqori bo‘lgan hududlarga kirishiga qaramay, aholining turli guruhlarida D vitamin gipovitaminozi keng tarqalgan. Paritet, yosh, stress omili, uy sharoitida ko‘p vaqt o‘tkazish, ovqatlanish xususiyatlari va boshqa ijtimoiy-madaniy omillar D vitamin tanqisligining yuqori tarqalganligiga sabab bo’lishi mumkin. Homiladorlik davrida ushbu mikroelement yetishmovchiligi ona va homila salomat¬ligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi va turli akusherlik va perinatal asoratlarni keltirib chiqaradi[1].