##common.search##
##search.searchResults##
-
YANGI TUGʻILGAN, EKSTREMAL KAM VAZNLI CHAQALOQLARDA ERTA TUGʻILISH VA OʻLIM SABABLARINI TAHLIL QILISH NATIJALARI
Nihoyatda kam tana vaznli yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni reabilitatsiya qilish zamonaviy neonatologiyaning dolzarb muammolaridan biridir. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan va tavsiya etilgan yashovchanlik va o‘lim holatini baholash mezonlari amaliyotga tatbiq etilgan bo‘lib, bu tana vazni 500 dan 999 grammgacha bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar sonining oshishiga olib keldi. Ularning umumiy yangi tug‘ilganlar sonidagi ulushi nisbatan kam bo‘lishiga qaramay (0,2–2%), nihoyatda kam vaznli chaqaloqlar bolalar oʻlimining 45–55 foizini va erta neonatal oʻlim holatlarining 60–70 foizini tashkil etadi.