##common.search##
##search.searchResults##
-
ERTA POSTNATAL DAVRDA O`N IKKI BARMOQ ICHAKNING TURLI YOSHDAGI KALAMUSHLARDA MORFOLOGIK RIVOJLANISH DINAMIKASI
Rentgenologik va rentgenoskopik tekshiruvda kalamushlar qorin bo'shlig'ining chegaralari yoshi bo'yicha aniqlandi. Bundan tashqari, rentgenologik tekshiruvda o'n ikki barmoqli ichaklarining holati, hajmi, shakli, konturi va harakatchanligi o'rganildi.
Tug'ruqdan keyingi erta postnatal davrda yangi tug'ilgan va 6 kunlik kalamushlarda o'n ikki barmoqli ichakning shakli ko'proq yarim oy shaklida bo'ldi. Rivojlanishning 21-kuniga kelib kalamushlarda o'n ikki barmoqli ichak ko'proq taqa shaklida bo`ladi. O'n ikki barmoqli ichak shaklining bunday yoshga bog'liq o'zgarishlari bukilmalarning rivojlanishi bilan izohlanadi.
O'n ikki barmoqli ichak uzunligining o'sish sur'ati rivojlanishning 21-kuniga kelib, 16-kunga nisbatan eng ko'p 33,0% ga oshadi. Bizning fikrimizcha, bu kalamushlarning aralash ovqatlanishga o'tishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin.