##common.search##
##search.searchResults##
-
SEMIZLIK-BUGUNGI KUN MUAMMOSI
Semizlik – organizmda ortiqcha yog‘ to‘planishi bilan tavsiflanadigan surunkali kasallik bo‘lib, turli xil sog‘liq muammolariga olib kelishi mumkin. Semizlik dunyo miqyosida jiddiy muammoga aylanib, ko‘plab sog‘liq muammolariga olib kelmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo aholisining har sakkizinchisi ortiqcha vazndan aziyat chekadi. Mutaxassislar taxminlariga ko‘ra, 2050-yilga kelib, 25 yoshdan kattalarning yarmidan ko‘pi (taxminan 3,8 milliard kishi) va 24 yoshgacha bo‘lgan 746 million kishi ortiqcha vaznga ega bo‘lishi mumkin. Shuningdek, bolalar va o‘smirlar orasida semizlik xavotirli darajada o‘sib, 2050-yilga kelib semizlik bilan yashovchilar soni 360 millionga yetishi mumkinligi tahmin qilinmoqda.