##common.search##
##search.searchResults##
-
LYUPUS NEFRITLI BEMORLARDA VITAMIN D VA INTERLEYKINLAR TAXLILI
Ishimizning asosiy maqsadi, LN bilan og'rigan bemorlarda qon zardobidagi D vitamini darajasini va uning kasallikning klinik va laboratoriya ko'rsatkichlari bilan bog'liqligini aniqlashdir.Nefrit bilan og'rigan TQTli bemorlarda va 20ta sog'lom odamlardan iborat nazorat guruhida D vitamini holati aniqlandi. Barcha bemorlarda umumklinik tekshiruvlardan tashqari immunologik taxlil olindi va ular vitamin D xolati bilan solishtirildi. Bunga ko‘ra, IL-6 va O‘NO-alfa faol lyupus nefritli bemorlarda ishonchli farq bilan nazorat guruxi va minimal faollikdagi LN bemorlar guruxiga nisbatan baland ko‘rsatkichlarga ega bo‘ldi. IL-6, O‘NO-alfa ko‘rsatkichlarining yuqori natijalari faol LNli bemorlar guruxida ko‘proq kuzatilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkichlar xam vitamin D miqdori bilan teskari korrelyatsiyaga ega edi. Bu taxlil natijalari bo‘yicha jarayon faolligi bilan D vitamini darajasi o‘rtasida ajralmas bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatadi va TQT kasalligi turli faollik darajalaridagi bemorlarda D vitamini darajasini korreksiyalash zarurligini tasdiqlaydi.