Tadqiqotning dolzarbligi va maqsadi: Chaqaloqlar jarrohligida umumiy anesteziya neyrotoksiklik va gipoksiya xavfini keltirib chiqaradi. "Uyg'oq holatdagi regionar anesteziya" (Awake Regional Anesthesia - ARA) bunga muqobil bo'lsa-da, mahalliy anestetiklarning toksik dozasi (LAST sindromi) muammo bo'lib qolmoqda. Tadqiqot maqsadi deksmedetomidin adyuvanti orqali mahalliy anestetiklar miqdorini kamaytirishning farmakokinetik (PK/PD) profilini, immun-modulyator ta'sirini, 6 oylik neyrokognitiv natijalarni va iqtisodiy samaradorlikni isbotlashdan iborat. Metodlar: Farg'ona viloyati bolalar ko'p tarmoqli shifoxonasida 80 nafar chaqaloq (0-28 kunlik) tadqiqotga jalb etildi. Nazorat guruhi (n=40) umumiy anesteziya (UA), tajriba guruhi (n=40) ARA + deksmedetomidin (doza 35% ga kamaytirilgan bupivakain bilan) asosida operatsiya qilindi. Natijalar: Yangi PK/PD modeli asosida bupivakainning plazmadagi qon konsentratsiyasi toksik chegaradan 2 barobar past bo'lishiga qaramay, analgeziya davomiyligi 14 soatgacha uzaydi. ARA guruhida stress gormonlari (kortizol, IL-6) keskin pasayib, immun-modulyator effekt kuzatildi. 6 oydan so'ng Bayley-III shkalasi bo'yicha kognitiv indeks tajriba guruhida yuqori bo'ldi (102±4 ga qarshi 88±5 ball). O'pka sun'iy ventilyatsiyasiga ehtiyoj qolmagani hisobiga bitta bemorni davolash xarajati 45% ga qisqardi. Xulosa: Chaqaloqlarda perinevral deksmedetomidin qo'llanilgan ARA usuli xalqaro xavfsizlik standarti bo'lib, jarrohlik stressini bloklovchi, miya neyroplastikligini asrovchi va iqtisodiy jihatdan o'ta samarali innovatsion texnologiyadir.