Shifoxonadan tashqari zotiljam bolalar orasida keng tarqalgan bo‘lib, nafas tizimi bilan bir qatorda ichak mikrobiotasiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. So‘nggi yillarda “o‘pka–ichak” o‘qi konsepsiyasi kasallik patogenezini tushuntirishda muhim o‘rin egallamoqda. Mazkur tadqiqotda zotiljam bilan kasallangan bolalarda najas tahlili ko‘rsatkichlari (makro va mikroskopik, shuningdek biomarkerlar) orqali ichak holati va uning o‘pka yallig‘lanish jarayoni bilan bog‘liqligi o‘rganildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, najasdagi disbiotik o‘zgarishlar, yallig‘lanish belgilarining ortishi (kalprotektin), ichak o‘tkazuvchanligining buzilishi (zonulin) hamda hazm jarayonidagi buzilishlar zotiljam og‘irligi bilan bevosita bog‘liq ekanligi aniqlandi.