Mazkur tezis neonatal davrda uchraydigan og‘ir patologik holatlar — neonatal sepsis, respirator distress sindromi hamda gipotermiyani erta aniqlash va davolashda zamonaviy monitoring usullarining ahamiyatini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Neonatal intensiv terapiyada hayotiy ko‘rsatkichlarni uzluksiz nazorat qilish, laborator markerlarni dinamik baholash hamda kompleks klinik monitoring erta diagnostika imkoniyatlarini kengaytiradi. Zamonaviy monitoring texnologiyalaridan foydalanish neonatal o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirish va asoratlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.