Ushbu maqolada sun’iy intellektning bir yo‘nalishi bo‘lgan neyron tarmoqlarning revmatologiyada qo‘llanilishi, xususan psoriatik artrit (PsA) va revmatoid artrit (RA) kasalliklarini differensial diagnostika qilishdagi ahamiyati o‘rganildi. Zamonaviy tibbiyotda bu ikki kasallikni farqlash murakkab bo‘lib, klinik va instrumental usullar yetarli aniqlik bermasligi mumkin. Neyron tarmoqlar yordamida tasviriy (rentgen, MRT) va klinik ma’lumotlarni tahlil qilish orqali diagnostika aniqligini oshirish mumkinligi ko‘rsatildi.