2010-2025 yillar oralig‘ida nashr etilgan 90 dan ortiq mahalliy va xorijiy manbalar tahlil qilindi (PubMed, Scopus, Web of Science, eLibrary va RSCI ma’lumot bazalari). Astma va semizlikning birga- likda uchrashi past darajali tizimli yallig‘lanish, adipokinlar (leptin, adiponektin, rezistin) sekretsiyasining buzilishi, insulin rezistentligi va glyukokortikoidlarga sezuvchanlikning pasayishi bilan tavsiflan- adigan alohida kliniko-patogenetik fenotipni shakllantiradi. Semiz bo- lalarda bronxial astma ko‘proq peristent shaklda kechadi, simptomlar nazorati sust, yallig‘lanishning neyrofil turi ustun va standart terapi- yaga javob past bo‘ladi. Patogenezda nafas olish mexanikasining chek- lanishi, metabolik buzilishlar va epigenetik omillar muhim ahamiyatga ega. Maqolada dorivor terapiya, tana vaznini kamaytirish, metabolik buzilishlarni tuzatish va jismoniy faollikni oshirishni o‘z ichiga olgan kompleks multidistsiplinar yondashuv zarurligi ta’kidlangan. Keyingi tadqiqotlar yallig‘lanish endotiplarini aniqlash, shaxsiylashtirilgan terapevtik strategiyalarni ishlab chiqish va “astma + semizlik” feno- tipiga ega bolalarda biologik terapiya samaradorligini baholashga qaratilgan bo‘lishi kerak.