Siklik adenozin monofosfat va adenilat siklaza gonadotropinlar- dan tashqi signallarni birlashtiruvchi va tuxumdonlardagi fiziologik jarayonlarni tartibga soluvchi muhim molekulyar komponentlardir. Ularning ta’sir mexanizmlarini tushunish reproduktiv tibbiyotda yangi terapevtik strategiyalarni, jumladan, tuxumdonlar zaxirasi buzilish- larini va erta tuxumdon yetishmovchiligini davolashni ishlab chiqish uchun istiqbollarni ochadi.