Search
Search Results
-
ДЕЙСТВИЕ СЛЮНЫ КЛЕЩЕЙ НА ОБЪЕМ И ДЛИТЕЛЬНОСТЬ КРОВОТЕЧЕНИЯ В УСЛОВИЯХ IN VIVO У КРЫС
Maqsad: iksod kanalari so‘lagining antikoagulyant ta’sirini in vitro sharoitida baholash. Material va usullar: tajriba uchun dastlabki vazni 130-140 g bo‘lgan 36 ta jinsiy voyaga yetgan zotsiz oq erkak kalamush- lardan foydalanildi, dala sharoitida so‘lak yig‘ildi, quritildi va 80, 60, 40 va 20% fiziologik eritmada suspenziya tayyorlandi. Preparatlar qorin bo‘shlig‘iga har bir konsentratsiyada 50 va 25 mg/kg dan tajriba boshla- nishidan 60 daqiqa oldin yuborildi. Intakt hayvonlarga fiziologik eritma 5 ml/kg hajmda berildi. Har bir tajriba nuqtasi uchun 4 tadan hayvonlar olindi. Natijalar: qon ketish vaqti qon tomirlarining elastikligini va ularn- ing shikastlanish paytida qisqarish qobiliyatini, shuningdek, trombotsit- lar tizimining holatini (adgeziya va agregatsiya qobiliyati) tavsiflaydi. U trombotsitopeniyalar, trombotsitopatiyalar, tomir devorining buzilishi yoki ushbu omillarning kombinatsiyasi tufayli birlamchi gemostazning bu- zilishini aks ettiradi. Ko‘rinib turibdiki, kanalar so‘lagining kichik konsen- tratsiyalari qo‘llanilganda qon ketish vaqtining uzayishi kalamushlarning aylanib yuruvchi qoniga ham tomir devoriga, ham birlamchi gemostaz ko‘rsatkichlariga ta’sir qiluvchi antikoagulyantlarning kirishini ko‘rsatadi. Kanalar so‘lagining yuqori konsentratsiyasini kiritish xo‘jayinning birla- mchi gemostazini faollashtirishga yordam beradi, buning tasdig‘i sifatida oqib chiqqan qon massasining kamayishini ko‘rsatish mumkin. Xulosalar: kana so‘lagining o‘ziga xos xususiyatlari uni farmakologik birikmalar olish- ning potensial manbai sifatida ko‘rib chiqish imkonini beradi.