Search
Search Results
-
ADABIYOTDAGI UYGLANISH: AN’NAVIY VA INNOVATSION SHE’RAT NAMUNLARI
Maqola she’riyatdagi an’ana va yangilik masalasiga bag’ishlan- gan. Ma’lumki, barqaror rivojlanish deganda nafaqat iqtisodiyotni yax- shilash, balki jamiyatning ma’naviy-madaniy darajasini yuksaltirish ham tushuniladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, adabiyot ma’naviy ustoz sifatida odamlarning tafakkuri, qadriyatlari va munosabatlariga ta’sir ko‘rsatish orqali barqaror taraqqiyotga hissa qo‘shadi. Shu bois- dan ham eski va yangi, an’ana va yangilik, o‘tmish va bugun adabiy- otda eng ko‘p o‘rganiladigan mavzular qatoriga kiradi. She’riyatdagi an’ana va yangilik mavzusi boy adabiyot tarixining turli davrlarini, yo- zuvchilarning turlicha yondashuvlarini aks ettiradi. Bu davr an’anaviy qadriyatlarning saqlanib qolishi va adabiyotda yangiliklarning yarat- ilishi bilan tavsiflanadi. Bu ikki jarayon she’riyat taraqqiyotida muhim rol o‘ynagan. An’anaviy she’riyatda, ayniqsa, 19-20-asr boshlarida ko’proq klassik shakl va mavzular ustunlik qildi. An’ana she’riyatning tarixiy rivojlanishida, adabiyotning shakllanishida muhim o‘rin tutadi. Yangilik she’rning ichki xususiyatlarida yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Yangilik she’riyatda yangi va o‘ziga xos obrazli ifoda vositalarida nam- oyon bo‘ladi. Natijada, butun she’riyat rivojlanib, boyib boradi.