№ 4 (2026): Медицинский Вестник Узбекистана

						Показать № 4 (2026): Медицинский Вестник Узбекистана
№ 4 (2026): Медицинский Вестник Узбекистана
Опубликован: 10-06-2026

Весь выпуск

Статьи

ГИПЕРПЛАСТИЧЕСКИЕ ПРОЦЕССЫ ЭНДОМЕТРИЯ У ЖЕНЩИН В ПРЕМЕНОПАУЗАЛЬНОМ ПЕРИОДЕ

Азизова Г.Дж., Эшонова К.Г.

Endometrial giperplastik jarayonlar premenopozal ayollarda keng tarqalgan patologiya hisoblanadi. Tadqiqot zamonaviy tasnifga asoslanib, reproduktiv rejalar va jarrohlik xavfini hisobga olgan holda giperplastik jarayonlarni erta bashorat qilish muhimligini ta’kidlashga qaratilgan. Metodologiya ilmiy adabiyotlarni ko’rib chiqishni o’z ichiga oladi. Natijalar shuni ko’rsatadiki, o’z vaqtida kuzatish rivojlanishning oldini olishga, saraton xavfini kamaytirishga va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi.

8-10

ИММУНОМЕТАБОЛИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ РАЗВИТИЯ ГИПЕРПЛАЗИИ ЭНДОМЕТРИЯ У ЖЕНЩИН РЕПРОДУКТИВНОГО ВОЗРАСТА

Магзумова Н.М., Мусаходжаева Д.А., Мамуржанова М.С.

Reproduktiv yoshdagi ayollarda endometriy giperplaziyasining immunometabolik jihatlariga bag‘ishlangan zamonaviy ilmiy adabiyotlar tizimli tahlil qilindi. So‘nggi 10-15 yil ichida nashr etilgan mahalliy va xorijiy mualliflarning maqolalari, jumladan, рецензияла- надиган журналлар hamda elektron ma’lumotlar bazalari (PubMed, Scopus, Web of Science, eLIBRARY) materiallari o‘rganildi. Bibliografik qidiruv, kontent-tahlil, taqqoslash va tizimli tahlil usullari qo‘llanildi.

48-50

КЛИНИКО-СОЦИАЛЬНЫЕ ФАКТОРЫ РАЗВИТИЯ И РОСТА МИОМЫ МАТКИ

Камилова И.А., Исомиддинова Х.Г.

Mazkur sharhda bachadon miomasining rivojlanishi va o‘sishiga ta’sir etuvchi klinik hamda ijtimoiy omillar haqidagi zamonaviy ma’lu- motlar umumlashtirilib tahlil qilindi. Ko‘rsatildiki, bachadon miomasi ko‘p omilli kasallik bo‘lib, u reproduktiv, metabolik va ijtimoiy deter- minantlarning o‘zaro ta’siri natijasida shakllanadi. Eng muhim klinik omillarga yosh, erta menarxe, reproduktiv anamnez xususiyatlari, sem- izlik, endokrin-metabolik buzilishlar hamda vitamin D yetishmovchiligi kiradi. Ushbu omillar nafaqat kasallik rivojlanishiga, balki miomatoz tugunlarning o‘sish tezligiga va klinik belgilarining og‘irligiga ham ta’sir ko‘rsatadi.

28-31

ВРОЖДЕННЫЕ ПОРОКИ РАЗВИТИЯ ПЛОДА, НЕСОВМЕСТИМЫЕ С ЖИЗНЬЮ, КАК МЕДИЦИНСКОЕ ПОКАЗАНИЕ К ПРЕРЫВАНИЮ БЕРЕМЕННОСТИ

Каримов А.Х., Хаитбоева Ф.А.

Homilada hayot bilan mos kelmaydigan og‘ir  tug‘ma  nuqson-  lar homiladorlikni tibbiy ko‘rsatmalar asosida ikkinchi trimestrda to‘xtatishning asosiy sabablaridan biridir. Bunday nuqsonlarga an- ensefaliya, akraniya, ikki tomonlama buyrak ageneziyasi, Potter sin- dromi va tug‘ilgandan keyin yashab qolish imkonsiz bo‘lgan boshqa patologiyalar kiradi.Tashxis homiladorlikning erta bosqichlarida ul- tratovush tekshiruvi hamda invaziv usullar (amniotsentez, xorion bi- opsiyasi) yordamida qo‘yiladi.

32-34

СОВРЕМЕННЫЕ ПОДХОДЫ К КЛАССИФИКАЦИИ И ПАТОГЕНЕЗУ АНОМАЛЬНЫХ МАТОЧ- НЫХ КРОВОТЕЧЕНИЙ

Алимова Д.С., Ашурова У.А.

Anomal bachadon qon ketishlari (ABQK) zamonaviy ginekologi- yada muhim klinik muammo hisoblanadi. Ushbu sharhda ABQKni tas- niflashning zamonaviy yondashuvlari, jumladan FIGO PALM–COEIN klassifikatsiyasi tahlil qilingan. Strukturaviy bo‘lmagan ABQK shak- llarining patogenezi, endometriyal disfunktsiya, mahalliy  gemostaz va gormonal regulyatsiya buzilishlari bilan bog‘liq jihatlar ko‘rib chiqilgan. ABQKning klinik kechishi va qaytalanishida funksional mex- anizmlarning yetakchi o‘rni ta’kidlangan.

11-18

ЭНДОМЕТРИАЛЬНАЯ МИКРОБИОТА: СОВРЕМЕННОЕ СОСТОЯНИЕ ПРОБЛЕМЫ И КЛИНИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ

Каюмова Д.Т., Тулакова Х.А.

So‘nggi yillarda bachadon bo‘shlig‘ining mikrobiologik muhiti haqidagi qarashlar sezilarli darajada o‘zgardi. Ilgari steril deb his- oblangan endometrium zamonaviy molekulyar-genetik tadqiqotlar ma’lumotlariga ko‘ra, past bakterial yuklama va yuqori individual farqlanishga ega bo‘lgan o‘ziga xos mikrobiotaga ega. Endometriyal mikrobiota tarkibidagi buzilishlar bepushtlik, implantatsiyaning tak- roriy muvaffaqiyatsizliklari, homiladorlikni yo‘qotish, surunkali endo- metrit hamda yordamchi reproduktiv texnologiyalar samaradorligin- ing pasayishi bilan bog‘liq.

35-39

СОВРЕМЕННЫЕ ПОДХОДЫ К ДИАГНОСТИКЕ И КОРРЕКЦИИ ГИПЕРПЛАЗИИ ЭНДОМЕТРИЯ У ЖЕНЩИН РЕПРОДУКТИВНОГО ВОЗРАСТА

Асатова М.М., Эрханова А.А.

Ushbu maqolada PubMed, Scopus va Web of Science xalqaro ma’lu- motlar bazalarida mavjud bo’lgan endometriyal giperplaziyaning patogenezi, diagnostikasi va davolash bo’yicha ilmiy nashrlar tahlil qilinadi. Endometriyal giperplaziya nafaqat morfologik o’zgarishlar, balki mikrosirkulyatsiya va endometriyal retseptivlikning buzilishi bilan ham birga kelishi aniqlangan. An’anaviy diagnostika usullari har doim ham endometriyalning funktsional holatini aks ettirmasligi ko’rsatilgan. Zamonaviy yondashuvlar qon oqimini baholash, angio- genez va retseptivlikning molekulyar markerlarini o’z ichiga oladi. Endometriyal giperplaziyani tashxislash va tuzatishga istiqbolli yon- dashuv morfologik, gemodinamik va funktsional parametrlarni hisob- ga olgan holda endometriyal baholashga kompleks yondashuvdir.

19-21

ФЕРТИЛЬНОСТЬ У ЖЕНЩИН С ЭНДОМЕТРИОЗОМ И ЛЕЧЕНИЕ С ПРИМЕНЕНИЕМ ИММУНОМОДУЛЯТОРА ГЕКСИНА® ТИМОПЕНТИНА

Каюмова Д.Т., Файзуллахужаева А.О.

Endometrioz ayol, iqtisodiyot va umuman jamiyat uchun jiddiy oqibatlarga olib keladi, chunki ko’plab chunki bepushtlik 30-50% endometrioz bilan bog’liq bo’lib, u sezilarli jismoniy, hissiy va  ijti- moiy – iqtisodiy zarar etkazadigan og’riq sindromi bilan birga keladi. Tanadagi yallig’lanish reaktsiyasi immunitet reaktsiyasi bilan, xusu- san endometrioz bilan og’rigan bemorlarda uzviy bog’liqdir. Hujayra immunitetidagi o’zgarishlar T-hujayra immunitetini inhibe qilish va poliklonal b hujayralarining faollashishi bilan ifodalanadi. Immuno- modulyator Timopentin – endometriozli ayollarni davolash uchun im- munitet tizimining ikki fazali funktsiyasini tartibga soluvchi dori.

40-43

ОСНОВНЫЕ ПРОБЛЕМЫ РАННЕГО МАТЕРИНСТВА

Исмоилова Ш.Т.

34 ta xalqaro nashrdan olingan ma’lumotlar, asosan 2014 yildan 2025 yilgacha bo’lgan davrda ko’rib chiqildi. Gestatsion xavf omillari, o’smirlarda homiladorlik va tug’ruqning xususiyatlari, perinatal nati- jalar va o’smirlik davridagi homiladorlikni boshqarishning zamonaviy yondashuvlari tavsiflangan. Biologik yetuklikning yo’qligi, ijtimoiy omillar va tibbiy yordamga cheklangan kirish imkoniyati homiladorlik uchun noqulay sharoitlarning murakkab to’plamini va akusherlik va perinatal asoratlar xavfini yaratadi degan xulosaga kelishdi.

22-24

ГИПЕРАНДРОГЕНЕМИЯ ЯИЧНИКОВОГО И НАДПОЧЕЧНИКОВОГО ГЕНЕЗА И ЗАВИСИМОСТЬ ФУНКЦИИ РЕПРОДУКТИВНОЙ СИСТЕМЫ

Магзумова Н.М., Йулдошева Д.К., Ахмедова Г.

Giperandrogeniya reproduktiv yoshdagi ayollarda keng tarqalgan endokrin buzilish bo‘lib, reproduktiv disfunksiyaning muhim omili hi- soblanadi. Androgenlarning ortiqcha ishlab chiqarilishi asosan polik- istoz tuxumdon sindromi bilan bog‘liq tuxumdon genezli yoki tug‘ma buyrak usti bezi po‘stlog‘ining neklassik giperplaziyasi bilan bog‘liq buyrak usti bezi genezli bo‘lishi mumkin. Barqaror giperandrogeniya gipotalamo-gipofizar-tuxumdon o‘qi regulyatsiyasini buzadi, follikulo- genezni izdan chiqaradi va surunkali anovulyatsiyaga olib keladi. Me- tabolik buzilishlar, ayniqsa insulinrezistentlik, steroidogenezni kuchay- tiradi va jinsiy gormonlarni bog‘lovchi globulin darajasini kamaytiradi, natijada biologik faol androgenlar miqdori ortadi. Giperandrogeniya bepushtlik, endometriy retseptivligining pasayishi va homiladorlikning noqulay yakunlari bilan bog‘liq. Tuxumdon va buyrak usti bezi shakl- larining o‘zaro bog‘liqligi zamonaviy ma’lumotlar asosida yoritilgan.

44-47

НЕСОСТОЯТЕЛЬНОСТЬ РУБЦА НА МАТКЕ ПОСЛЕ КЕСАРЕВА СЕЧЕНИЯ: МОРФОЛОГИЧЕ- СКИЕ ОСНОВЫ, ФАКТОРЫ РИСКА И КЛИНИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ

Камилова И.А., Болунц Е.А.

Mazkur sharhda chandiq shakllanishining morfologik asoslari, uning yetishmovchiligi xavf omillari hamda chandiq nuqsonining klinik ahami- yati bo‘yicha zamonaviy ma’lumotlar umumlashtirilib tahlil qilingan. Ko‘rsatilishicha, yetishmovchi chandiq shakllanishi odatda miometriyning reparatsiya jarayonlarining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lib, fibroz to‘qiman- ing ustunligi, vaskulyarizatsiyaning kamayishi hamda mushak tolalari arxitektonikasining o‘zgarishi bilan tavsiflanadi. Eng muhim xavf omil- lariga jarrohlik texnikasining xususiyatlari, operatsiyadan keyingi davr, yallig‘lanish asoratlari, shuningdek, hamroh somatik kasalliklar va birikti- ruvchi to‘qima dismetabolizmi kiradi. Chandiq nuqsonining klinik ahami- yati bachadon yorilishi xavfining ortishi, patologik platsentatsiya, homi- ladorlikning chandiq sohasiga implantatsiyasi, shuningdek, bepushtlik va surunkali chanoq og‘rig‘i rivojlanishi bilan belgilanadi.

25-27