2025-yilda Yevropa kardiologlar jamiyati (ESC) va Yevropa kar- diotorakal jarrohlik assotsiatsiyasi (EACTS) yurak klapanlarining nuqsonlari bo‘lgan bemorlarni davolash va boshqarish bo‘yicha yan- gilangan tavsiyalarni e’lon qildi. Ushbu yangi qo‘llanma diagnostika, xavf darajasini baholash va optimal davolash strategiyasini tanlash- dagi zamonaviy yutuqlarni aks ettiradi. Asosiy o‘zgarishlar ko‘p tar- moqli yondashuv (Heart Team)ni joriy etish, transkateter aralashuvlar uchun ko‘rsatmalarni kengaytirish hamda protez klapanli bemorlarni boshqarish va antitrombotik terapiya algoritmlarini qayta ko‘rib chiq- ishga qaratilgan.