Neyroinflammatsiya, amiloid va tau patologiyalari bilan birga, Altsgeymer kasalligining asosiy patogenetik mexanizmlaridan biridir. Mikrogliya va astrositlar, NLRP3 inflammasomasi va komplement tizimi amiloid klirensining buzilishi, tau giperfosforillanishi va progres- siv neyrodegeneratsiyada ishtirok etadi. GFAP, YKL-40, sSTREM2, NfL, p-tau ning plazma shakllari va TSPO-PET kabi neyroinflammatsiyan- ing suyuqlikka asoslangan va tasvirlash biomarkerlari katta qiziqish uyg’otadi. Istiqbolli terapevtik yondashuvlarga NLRP3 ingibitorlari, TREM2 signalizatsiya yo’llarini modulyatsiya qilish, komplement kom- ponentlarini nishonga olish va glial fenotiplarni tartibga solish kiradi.