Zamonaviy ma’lumotlarga asoslanib, miya shishi patogenezida neyroinflamatsiyaning roli, shuningdek, ishemik insultda meningeal limfa va glimfa tizimining roli ko’rsatiladi. Yaqinda o’tkazilgan tad- qiqotlar miya patologiyalarida meningeal limfa va glimfa tizimining funksiyasini bostirishini va uning disfunktsiyasi, o’z navbatida, ishemik insultda miya shishi rivojlanishiga hissa qo’shishi mumkinligini ko’rsat- moqda. Qaysi dorilar glimfa tizimining funksiyasiga ta’sir qilishini va bu funksiya miya patologiyalarida qanday dekompensatsiyalanishini yangicha tushunish yangi profilaktika va diagnostika vositalari va ter- apevtik maqsadlarni ishlab chiqishga olib kelishi kerak.