Найти
Результаты поиска
-
ДИНАМИКА КЛИНИЧЕСКИХ И ЛАБОРАТОРНЫХ ПОКАЗАТЕЛЕЙ У БОЛЬНЫХ С НЕАЛКОГОЛЬНОЙ ЖИРОВОЙ БОЛЕЗНЬЮ ПЕЧЕНИ В ЗАВИСИМОСТИ ОТ СТАДИИ ФИБРОЗА И ПРОВОДИМОЙ ТЕРАПИИ
Maqsad: alkogolsiz yog’li jigar kasalligi bilan og’rigan erkaklarda jigar fibrozining og’irligi va yurak-qon tomir parametrlari o’rtasidagi bog’liqlikni aniqlash. Material va usullar: alkogolsiz yog’li jigar kasal- ligi bilan og’rigan jami 206 nafar o’zbekistonlik erkak bemor tekshiril- di. Ular 2023-2024 yillarda Respublika terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining ichki kasalliklar bo’limiga yotqizil- gan. Bemorlarning o’rtacha yoshi 46,7±0,57 yoshni tashkil etdi. Nati- jalar: olingan natijalar alkogolsiz yog’li jigar kasalligi bilan og’rigan bemorlarda kombinatsiyalangan terapiya ta’sirida biokimyoviy para- metrlarning sezilarli yaxshilanishini ko’rsatadi. ALT darajasining pa- sayishi gepatotsellyulyar shikastlanishning kamayishini tasdiqlaydi, gamma-glutamil transferaza faolligining sezilarli darajada pasayishi esa oksidlovchi stressning pasayishini va jigar faoliyatining normal- lashishini ko’rsatadi. Bundan tashqari, LDL darajasining pasayishi davolashning lipid profiliga ijobiy ta’sirini va yurak-qon tomir xavflar- ining kamayishini ko’rsatadi. Xulosa: olingan ma’lumotlar metabolik va qon tomir kasalliklarini hisobga olgan holda alkogolsiz yog’li jigar kasalligini davolashga kompleks yondashuvning muhimligini, shun- ingdek, ALT, gamma-glutamil transferaza va past zichlikdagi lipopro- teinlarni davolash samaradorligining informatsion belgilari sifatida qo’llashning maqsadga muvofiqligini ta’kidlaydi.