Найти
Результаты поиска
-
ЭНДОСКОПИЧЕСКОЕ ЛЕЧЕНИЕ ДЕТЕЙ С ВКОЛОЧЕННЫМИ КАМНЯМИ МОЧЕТОЧНИКА
Maqsad: antegrad va transuretral ureterolitotripsiya yordami- da siydik nayida joylashgan toshlar sanchilgan bolalarni davolash natijalarini baholash. Material va usullar: 5 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 73 nafar bolaning davolash natijalari retrospektiv baholandi. O‘rtacha tosh o‘lchami uzunligi 10,0±0,6 mm va kengligi 5,5±0,7 mm. Natijalar: 71 bemorda (97,2%) toshlarni to‘liq olib tashlashga er- ishildi. Operatsiya davomidagi asoratlarning umumiy darajasi 33,8% ni tashkil etdi. Endoskopik aralashuvni ochiq (III darajali) jarrohlik amaliyotiga aylantirish ikki holatda (2,8%) talab qilingan. Bolalarning 6,8 %ida siydik yo‘llarining shilliq qavatining shikastlanishi (I daraja), 1,4 % hollarda siydik yo‘llarining teshilishi (II a daraja) kuzatilgan. Bemorlarning 4,1 5ida lazerli litotripsiya paytida siydik yo‘llarining shilliq qavatining kuyishi (II a daraja) kuzatilgan. Metall o‘tkazgich uchining deformatsiyasi (I daraja) 16,4% hollarda kuzatilgan. Oper- atsiyadan keyingi asoratlar 23 bemorda (31,5%) kuzatildi. Tana haro- ratining ko‘tarilishi bemorlarning 8,2 %ida (I daraja), gematuriya - bemorlarning 9,6 %ida (I daraja). Urinoma (III b daraja) bir holatda
(1,4%) va bir bolada “tosh yo‘li” (II a daraja) bo‘lgan. Bir holatda o‘tkir tizimli yallig‘lanishli javob sindromi ham kuzatilgan. Xulosalar: bo- lalarda ta’sirlangan siydik yo‘li toshlari uchun ureteroskopik kontakt litotripsiya samarali va xavfsiz davolash usuli hisoblanadi.