Найти
Результаты поиска
-
ОСОБЕННОСТИ СОСУДИСТОГО ПОРАЖЕНИЯ НА ФОНЕ ЭНДОТЕЛИАЛЬНОЙ ДИСФУНКЦИИ У БОЛЬНЫХ РЕВМАТОИДНЫМ АРТРИТОМ
Maqsad: revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda kasallik faol- ligining turli darajalari va klinik ko‘rinishlari fonida qon tomirlarni boshqarish funksiyasining holatini o‘rganish hamda yurak-qon tomir kasalliklarining asosiy xavf omillarini baholash. Material va usullar: revmatoid artrit bilan og‘rigan 100 nafar bemor tekshirildi. Nazorat guruhini 40 nafar amalda sog‘lom ko‘ngilli tashkil etdi. Endoteliy shi- kastlanishi endotelin-1 konsentratsiyasi va oqimga bog‘liq vazodila- tatsiya ko‘rsatkichlari orqali baholandi. Natijalar: revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda nazorat guruhiga nisbatan oqimga bog‘liq vazodilatatsiyaning pasayishi (r<0,05) va endotelin-1 konsentratsiyas- ining oshishi (р<0,01) aniqlandi. revmatoid artritning faolligi, tizimli namoyon bo‘lishi va davomiyligining endoteliy shikastlanishi darajasi- ga va qon tomir tonusini boshqarishning buzilishiga ta’siri qayd etildi. Xulosa: qonda endotelin-1 miqdorini aniqlash revmatoid artrit da en- doteliy shikastlanishini tashxislash uchun qo‘llanilishi mumkin.