Search
Search Results
-
NAMANGAN VILOYATI BO‘YICHA O‘TKIR DIZENTERIYALARNING RETROSPEKTIV TAXLIL NATIJALARI VA OLDINI OLISH CHORA-TADBIRLARI
O‘tkir dizenteriyalar jaxon bo‘ylab keng tarqalgan keng muammo bo‘lib, sog‘liq uchun jiddiy muammo tug‘diradi. Bu kasallik asosan bakteriyalar tomonidan keltirib chiqariladi va turli sabablarga ko‘ra tarqaladi. Шигеллёз kasallanishi ko‘rsatkichlari va o‘zgarishlari, shuningdek, uning sabablari va oqibatlari haqida ma’lumot olish sog‘liqni saqlash tizimlari uchun muhimdir.
Tadqiqot maqsadi. Tadqiqot 2018-2022 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Namangan viloyatining aholisi va 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida o‘tkir dizenteriyalarning tarqalish dinamikasi tahlil qilindi.
Material va usullar: 2018-2022 yillarda Namanangan viloyatida o‘tkir dizenteriya bilan kasallanish dinamikasi epidemiologik retrospevtiv tahlil qilindi.
Natijalar: o‘tkir dizenteriya bilan kasallanish Namangan shaxri va Chortoq tumanlarida eng yuqori ko‘rsatkichlari aniqlandi: 2018 yil: 188 holat; 2019 yil: 208 holat; 2020 yil: 50 holat; 2021 yil: 81 holat; 2022 yil: 142 holati kuzatilgan va etiologiyasi aniqlangan. Kasallanish ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlar, shuningdek, yilma-yil kamayish tendensiyalari kuzatildi. Shuningdek boshqa tumanlarda kasallanish xolatlari nisbatan kamroq aniqlandi. Kasallanish holatlari tahlil qilinayotganda, yosh guruhlari bo‘yicha taqsimot ham e’tiborga olingan. O‘rganilayotgan yillar davomida 2018 yilda jami 149(79,3%) holat, 2019 yil 153(73,2%), 2020 yilda 27(54,3%), 2021 yilda 76(94,5%), 2022 yilda 106(74,6%) 14 yoshgacha bolalar o‘tkir ichak infeksiyalariga ko‘proq moyil bo‘ldi.
Xulosa. Namanangan viloyatida 2018-2022 yillar davomida o‘tkir dizenteriya bilan kasallanish ko‘rsatkichlarining tahlilidan besh yillikda pasayish tendensiyasida, demografik xususiyatlari 14 yoshgacha bolalar foyisi 50% dan yuqori bo‘lmoqda. Viloyatda profilaktik chora-tadbirlarni va kasallikning etiologiyasini aniqlashni yanada kuchaytirish talab qilinadi. Ushbu ma’lumotlar, kelgusida sog‘liqni saqlash tizimini yaxshilash va kasallikning tarqalishini oldini olishga xizmat qiladi.