Найти
Результаты поиска
-
ISSIQ IQLIM SHAROITIDA RIVOJLANADIGAN TAJRIBAVIY GIPERTIREOZ DINAMIKASIDA QON SHAKLLI ELEMENTLARINING MIQDORIY O‘ZGARISHLARINI QIYOSIY BAHOLASH
Gipertireoz bilan og‘rigan bemorlarda kuzatiladigan qon ivishi va fibrinoliz jarayonlarining turli xil buzilishlari subklinik yoki klinik jihatdan ahamiyatli bo‘lgan qon ivish buzilishlari, qon ketishlar va tromboemboliyalarni keltirib chiqarishi mumkin. Ayrim mualliflarning ta’kidlashicha, qalqonsimon bezni rag‘batlantiruvchi gormon (TTG) darajasining pasayishi plazmadagi fibrinogen miqdorining oshishi uchun mustaqil xavf omili hisoblanadi. Gipertireoz odatda qon ivish faolligining oshishi va fibrinolitik faollikning pasayishi bilan bog‘liq bo‘lsa-da, ayrim bemorlarda yurak - qon tomir kasalliklari kechishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan giperfibrinolitik reaksiyalar ham kuzatilishi mumkin.