Найти
Результаты поиска
-
TAJRIBAVIY SHAROITDA QANDLI DIABET YOZDIRILGAN LABORATORIYA HAYVONLARIDA NAFAS OLISH TIZIMINING MORFOLOGIK O‘ZGARISHLARI
Mazkur ilmiy ishda tajribaviy sharoitda qandli diabetning yuzaga kelishi, uning rivojlanish mexanizmlari va oqibatlari tahlil etiladi. Qandli diabet bugungi kunda eng ko‘p uchraydigan metabolik kasalliklardan biri bo‘lib, insulin yetishmovchiligi yoki insulin ta’sirining pasayishi tufayli glyukoza miqdorining ortishi bilan tavsiflanadi. Tadqiqot davomida diabetning eksperimental modellari qo‘llanilib, kasallik patogenezi, insulin rezistentligi, giperglikemiya jarayoni keng o‘rganildi. Shuningdek, kasallikning yurak-qon tomir tizimi, asab tizimi va buyraklarda yuzaga chiqaradigan asoratlari haqida ma’lumotlar keltirildi. Yangi dori vositalari va davolash usullarining samaradorligi baholanib, qandli diabetni oldini olish va davolashning zamonaviy usullari taklif qilindi. Olingan natijalar keyingi klinik izlanishlar uchun muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.