##common.search##
##search.searchResults##
-
JARQO'RG'ON TUMANI TURAR-JOY BINOLARIDA RADON MIQDORINI ANIQLASH VA GIGIYENIK BAHOLASH
Tadqiqot maqsadi: Jarqo‘rg‘on tumanidagi turar-joy binolari havosidagi radon miqdorini radiatsion-gigiyenik baholash va aholining radiatsion xavfsizligini ta’minlash mezonlarini asoslash.
Materiallar va tadqiqot usullari. Jamoat va turar-joy binolari havosidagi radon miqdori Radon FTLAB FRD400 qurilmasi yordamida o‘lchandi. Radon o‘lchagich har bir o‘lchangan xonada 5 nuqtaga o‘rnatildi. O‘lchovlar uchun radon hisoblagichi asosan aholi eng uzoq vaqt yashaydigan xonalarga joylashtirildi.
Natijalar. Jarqo‘rg‘on tumanidagi o‘rganilgan binolarda radiatsiyaviy holat umuman maqbuldir. Jarqoʻrgʻon tumanida aholining radiatsion taʼsir qilish holati umuman olganda Radiatsion xavfsizlik standartlari talablariga javob beradi.