##about.aboutContext##
“Filologiya masalalari” ilmiy-uslubiy jurnali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi “Filologiya masalalari” ilmiy-uslubiy jurnali 2002-yildan buyon yiliga to‘rt marta nashr etib kelinmoqda. Jurnal 2002-yil 19-dekabrda bosma nashr sifatida ro‘yxatdan o‘tgan (80-sonli guvohnoma), 2007-yil 2-fevralda esa qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan (0222-sonli guvohnoma). 2007-yil 25-aprelda Parijdagi Xalqaro ISSN markazi tomonidan jurnalga ISSN 1994-4233 xalqaro sertifikati taqdim etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2015-yil 20-martdagi 214/2-son qaroriga muvofiq, “Filologiya masalalari” ilmiy-uslubiy jurnali 10.00.00 – Filologiya fanlari yo‘nalishi bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalari natijalarini chop etish uchun tavsiya etilgan yetakchi ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2015-yil 22-dekabrdagi 219/5-son qaroriga muvofiq, jurnal 13.00.00 – Pedagogika fanlari yo‘nalishi bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalari natijalarini chop etish uchun tavsiya etilgan yetakchi ilmiy nashrlar qatoriga kiritilgan.
2019-yilda jurnal AQShning Digital Object Identifier (DOI) xalqaro identifikatsiya jamg‘armasida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, unda chop etiladigan har bir maqolaga doi:10.36078 prefiksi biriktirilgan.
2019-yilda xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasi hisoblangan Scientific Journal Impact Factor (SJIF) jurnalga 7,593 impakt-faktor ko‘rsatkichini bergan.
2020-yil 14-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan jurnalning elektron nashri ro‘yxatdan o‘tkazilgan (1089-sonli guvohnoma) va unga E-ISSN 2181-1237 elektron xalqaro sertifikati taqdim etilgan.
2020-yilda Scientific Journal Impact Factor (SJIF) ma’lumotlar bazasi jurnal uchun 7,151 impakt-faktor ko‘rsatkichini e’lon qilgan.
OAK Rayosatining 2020-yil 30-iyuldagi 283/7.1-son qaroriga muvofiq, jurnalda ingliz tilida chop etilgan maqolalar xorijiy ilmiy nashrlarda e’lon qilingan ilmiy maqolalarga tenglashtiriladi.
2021-yil 25-yanvarda jurnal International Directory of Research Journals Indexing (DRJI) xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasiga kiritilgan.
2021-yil 22-oktabrda jurnal Advanced Sciences Index (ASI) xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasida indekslangan.
2021-yilda Scientific Journal Impact Factor (SJIF) xalqaro bazasi jurnalga 6,069 impakt-faktor ko‘rsatkichini taqdim etgan.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektorining 2022-yil 20-iyundagi 179-R-son farmoyishiga muvofiq, “Filologiya masalalari” elektron ilmiy-uslubiy jurnalida chop etiladigan maqolalarni antiplagiat tizimi orqali muntazam tekshirish tartibi joriy etilgan.