##about.aboutContext##

Klinik va profilaktik tibbiyot jurnali — recenziyalanadigan ilmiy-amaliy nashr bo‘lib, unda tibbiyot fanlari sohasiga oid original ilmiy maqolalar, adabiyotlar sharhlari, klinik kuzatuvlar hamda boshqa ilmiy materiallar chop etiladi. Jurnal Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti tomonidan ta’sis etilgan bo‘lib, 2021-yildan buyon o‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr etib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi qaroriga muvofiq jurnal tibbiyot fanlari bo‘yicha dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan milliy ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan. Jurnal yiliga to‘rt marta nashr etiladi va olimlar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrlar hamda amaliyotchi shifokorlarning ilmiy tadqiqot natijalarini keng ilmiy jamoatchilikka yetkazishga xizmat qiladi. Jurnal sahifalarida klinik tibbiyot, profilaktik tibbiyot, jamoat salomatligi, epidemiologiya, xirurgiya, ichki kasalliklar, pediatriya, akusherlik va ginekologiya, stomatologiya, yuqumli kasalliklar, farmatsevtika, biotibbiy fanlar hamda tibbiy ta’lim yo‘nalishlaridagi ilmiy tadqiqotlar yoritiladi. Jurnalning asosiy maqsadi zamonaviy tibbiyot va sog‘liqni saqlash tizimining rivojlanishiga hissa qo‘shish, ilmiy hamkorlikni kengaytirish hamda milliy va xalqaro miqyosda ilg‘or ilmiy yutuqlar almashinuvini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.