##issue.vol## 1 ##issue.no## 1 (2026): Klinik va Profilaktiк Tibbiyot Jurnali

						##issue.viewIssueIdentification##
##issue.vol## 1 ##issue.no## 1 (2026): Klinik va Profilaktiк Tibbiyot Jurnali
##submissions.published##: 2026-06-13

MAQOLALAR

BOLALARDA SURUNKALI BUYRAK YETISHMOVCHILIGINI ERTA ANIQLASH VA OLDINI OLISHNING KLINIK-PROGNOSTIK MEZONLARINI SUN’IY INTELLEKT RIVOJLANISHI DAVRIDA TAKOMILLASHTIRISH

Abdullayev S.S. (Muallif)

Maqolada bolalarda surunkali buyrak yetishmovchiligini erta aniqlash va oldini olishning klinik-prognostik mezonlarini takomillashtirishga bag‘ishlangan tadqiqot natijalari keltirilgan. Mavzuning dolzarbligi bolalik davrida surunkali buyrak patologiyasining tarqalishi ortib borayotgani, kech tashxis qo‘yilish xavfi va kasallikning noqulay kechishini erta stratifikatsiya qilish zarurati bilan belgilanadi. Tadqiqotning maqsadi bolalarda surunkali buyrak yetishmovchiligi rivojlanishining eng muhim klinik-laborator va instrumental mezonlarini aniqlash hamda raqamli monitoring va prognostik baholashning zamonaviy imkoniyatlarini hisobga olgan holda uning erta profilaktikasi yo‘nalishlarini asoslashdan iborat bo‘ldi. Tadqiqotga 3 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 112 nafar bola jalb qilindi. Asosiy guruhni I–III bosqichli surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan 74 nafar bola, taqqoslash guruhini esa buyrak yetishmovchiligining yaqqol belgilari bo‘lmagan surunkali buyrak kasalliklariga ega 38 nafar bola tashkil etdi. Kasallik progressiyasi uchun eng muhim prognostik mezonlar sifatida turg‘un arterial gipertenziya, sutkasiga 0,5 g dan ortiq proteinuriya, glomerulyar filtratsiya tezligining 60 ml/min/1,73 m² dan past bo‘lishi, anemiya, siydik chiqarish tizimi infeksiyalarining takrorlanishi va ultratovush tekshiruvi bo‘yicha buyraklarning strukturaviy o‘zgarishlari aniqlangan. Yuqori xavf guruhidagi bolalarni erta aniqlash uchun klinik-laborator monitoring, ultratovush nazorati va xavfni stratifikatsiya qilishning raqamli algoritmlarini o‘z ichiga olgan kompleks yondashuv taklif etildi. Olingan ma’lumotlar pediatrik yordamni raqamlashtirish sharoitida bolalarda surunkali buyrak yetishmovchiligini erta tashxislash va profilaktika qilishni takomillashtirish zarurligini tasdiqlaydi.

8-12

NEYRON TARMOQLAR YORDAMIDA PSORIATIK ARTRIT VA REVMATOID ARTRITNI FARQLASH

Jo‘raboyeva G.B. (Muallif)

Ushbu maqolada sun’iy intellektning bir yo‘nalishi bo‘lgan neyron tarmoqlarning revmatologiyada qo‘llanilishi, xususan psoriatik artrit (PsA) va revmatoid artrit (RA) kasalliklarini differensial diagnostika qilishdagi ahamiyati o‘rganildi. Zamonaviy tibbiyotda bu ikki kasallikni farqlash murakkab bo‘lib, klinik va instrumental usullar yetarli aniqlik bermasligi mumkin. Neyron tarmoqlar yordamida tasviriy (rentgen, MRT) va klinik ma’lumotlarni tahlil qilish orqali diagnostika aniqligini oshirish mumkinligi ko‘rsatildi.

137-138

BOLALARDA SHIFOXONADAN TASHQARI ZOTILJAMDA "O‘PKA-ICHAK" O‘QINING PATOGENETIK ASOSLARI (FARG‘ONA SHAHAR MISOLIDA)

Umarkulov M.I. (Muallif)

Shifoxonadan tashqari zotiljam bolalar orasida keng tarqalgan bo‘lib, nafas tizimi bilan bir qatorda ichak mikrobiotasiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. So‘nggi yillarda “o‘pka–ichak” o‘qi konsepsiyasi kasallik patogenezini tushuntirishda muhim o‘rin egallamoqda. Mazkur tadqiqotda zotiljam bilan kasallangan bolalarda najas tahlili ko‘rsatkichlari (makro va mikroskopik, shuningdek biomarkerlar) orqali ichak holati va uning o‘pka yallig‘lanish jarayoni bilan bog‘liqligi o‘rganildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, najasdagi disbiotik o‘zgarishlar, yallig‘lanish belgilarining ortishi (kalprotektin), ichak o‘tkazuvchanligining buzilishi (zonulin) hamda hazm jarayonidagi buzilishlar zotiljam og‘irligi bilan bevosita bog‘liq ekanligi aniqlandi.

56-59

ЭФФЕКТИВНОСТЬ АЛЛЕРГЕН СПЕЦИФИЧЕСКОЙ ИММУНОТЕРАПИИ И ПОЛИОКСИДОНИЯ У ДЕТЕЙ С БРОНХИАЛЬНОЙ АСТМОЙ И АЛЛЕРГИЧЕСКИМ РИНОСИНУСИТОМ

Шерматов Р.М., Джураева К.Й. (Muallif)

В статье рассмотрены результаты клинических исследований эффективности аллерген специфической иммунотерапии (АСИТ) у детей с бронхиальной астмой и аллергическими заболеваниями верхних дыхательных путей. Обсуждается влияние включения иммуномодулятора Полиоксидония (азоксимера бромида) в комплексную терапию на клинические показатели, иммунологические параметры и частоту обострений. Приведены данные собственных и литературных источников. Проведён сравнительный анализ эффективности терапии с использованием АСИТ в монорежиме и в сочетании с Полиоксидонием.

114-121

MЕТОДИКА ВНЕДРЕНИЯ ПЕРСОНАЛИЗИРОВАННОЙ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ ПЛАТФОРМЫ, ОСНОВАННОЙ НА ТЕХНОЛОГИЯХ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА, В ПРЕПОДАВАНИЕ МИКРОБИОЛОГИИ И ВИРУСОЛОГИИ.

Абдуллаев Г.А. (Muallif)

В последние годы использование цифровых технологий, особенно образовательных платформ на основе искусственного интеллекта, стало актуальным вопросом в медицинском образовании. Поскольку микробиология и вирусология требуют теоретических знаний, а также лабораторных навыков, традиционная форма обучения не может полностью удовлетворить потребности всех студентов. Последние годы использование цифровых, особенно образовательных платформ на основе искусственного интеллекта, стало актуальным вопросом в медицинском образовании. Поскольку микробиология и вирусология требуют теоретических знаний, а также лабораторных навыков, традиционная форма обучения не может полностью удовлетворить потребности всех студентов. В этом исследовании будет освещен опыт поэтапного внедрения платформы персонализированной системы управления обучением (LMS) на основе искусственного интеллекта в учебный процесс по микробиологии и вирусологии. В процессе обучения адаптивные возможности LMS будут сравнительно проанализированы с традиционной моделью, основанной на том факте, что она предлагает контент, соответствующий профилю учащегося, поддерживает процесс обучения с помощью анализа когнитивного статуса и обратной связи в реальном времени. 

37-40

FARG‘ONA VODIYSI REANIMATOLOG-ANESTEZIOLOGLARI SOG‘LIG‘INING EPIDEMIOLOGIK TAVSIFI, XATAR OMILLARI VA KASBIY KASALLIKLARNING PROFILAKTIKASI CHORALARI

Abdujabborov Sh.A. (Muallif)

Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysida faoliyat yuritayotgan reanimatolog-anesteziolog shifokorlarning sog‘lig‘i holatining epidemiologik tavsifi, kasbiy faoliyat bilan bog‘liq xavf omillari hamda kasbiy kasalliklarning rivojlanish mexanizmlari o‘rganilgan. Tadqiqot davomida intensiv terapiya bo‘limlarida ishlovchi shifokorlarning mehnat sharoitlari, psixoemotsional zo‘riqish darajasi, ish va dam olish rejimi, zararli omillar (anestezik gazlar, biologik xavflar, tungi smenalar) ta’siri kompleks baholandi.
Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, reanimatolog-anesteziologlar orasida surunkali charchoq sindromi, uyqu buzilishlari, yurak-qon tomir tizimi kasalliklari hamda psixosomatik holatlar yuqori darajada uchraydi. Shuningdek, uzoq muddatli kasbiy faoliyat davomida zararli ishlab chiqarish omillariga ta’sirlanish kasbiy kasalliklar rivojlanish xavfini sezilarli oshiradi.
Maqolada aniqlangan xavf omillarini kamaytirish, shifokorlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish va kasbiy kasalliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Jumladan, mehnat gigiyenasini yaxshilash, ish vaqtini optimallashtirish, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish va psixologik qo‘llab-quvvatlash tizimini joriy etish muhim ahamiyatga ega ekanligi asoslab berilgan.Mazkur tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash tizimida ishlovchi mutaxassislar salomatligini yaxshilash va mehnat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

86-91

BIOMARKERS OF COGNITIVE DYSFUNCTION AND INTEGRATION OF DIGITAL NEUROCOGNITIVE ASSESSMENT IN ADOLESCENTS WITH ANEMIA

Juraeva G.A. (Muallif)

Anemia, particularly iron deficiency anemia, is a prevalent condition among adolescents and is increasingly recognized as a factor influencing cognitive development. This study investigates the association between anemia-related biological markers and cognitive dysfunction, while exploring the integration of digital neurocognitive assessment tools for early detection. A cross-sectional study was conducted involving adolescents aged 12–18 years. Hematological parameters, including hemoglobin, serum ferritin, and transferrin saturation, were analyzed alongside digital cognitive testing outcomes. The findings demonstrate significant correlations between reduced iron status and impairments in attention, working memory, and executive function. The study supports the potential of combining biological and digital markers to enhance early diagnosis and intervention strategies.

139-140

BOLALARDA NEFROTIK SINDROMDA SHISH SINDROMI VA LABORATOR O‘ZGARISHLAR O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIK

Nurmatova O.A. (Muallif)

Ushbu maqolada bolalarda nefrotik sindromda kuzatiladigan shish sindromi bilan laborator ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlil qilindi. Tadqiqot retrospektiv tavsifiy-tahliliy usulda olib borilib, mavjud klinik-anamnestik va laborator ma’lumotlar o‘rganildi. Tahlilga nefrotik sindrom bilan og‘rigan bolalarning ma’lumotlari kiritildi. Bemorlarda qovoq, yuz, oyoq-qo‘llar va butun tanadagi shishlar, assit, oliguriya kabi klinik belgilar baholandi hamda umumiy qon tahlili, umumiy siydik tahlili, umumiy oqsil, albumin, mochevina va kreatinin ko‘rsatkichlari bilan qiyoslandi. Kuzatuvlarda shish sindromi kuchaygan bemorlarda umumiy oqsil va albumin miqdorining pasayishi, siydikda oqsil ajralishining ortishi, ayrim holatlarda azot almashinuvi ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi aniqlanishi qayd etildi. Ayniqsa, tarqalgan shish va assit bilan kechgan holatlarda gipoproteinemiya va gipoalbuminemiya yaqqolroq namoyon bo‘ldi. Natijalar nefrotik sindromda shish sindromining klinik og‘irligi laborator o‘zgarishlar bilan chambarchas bog‘liq ekanini ko‘rsatadi. Mazkur ko‘rsatkichlarni erta baholash kasallik og‘irligini aniqlash, monitoring va davolash taktikasini optimallashtirishda muhim ahamiyatga ega.

60-65

ФАРҒОНА ВОДИЙСИ ШИФОКОРЛАРИ ПОПУЛЯЦИЯСИ МИСОЛИДА ЮРАК ИШЕМИК КАСАЛЛИГИНИНГ ВА ГЛЮКОЗА ТУРЛИ ДАРАЖАЛАРИНИ АЁЛЛАР ЎРТАСИДА ТАРҚАЛИШ ХУСУСИЯТЛАРИ

Назарова Г.У. (Muallif)

Ушбу тадқиқот Фарғона водийси аёл шифокорлари популяцияси мисолида юрак ишемик касаллигининг (ЮИК) тарқалиши ва унинг гликемик хатар омиллари билан боғлиқлигини ўрганишга бағишланган. ЮИК дунё миқёсида юрак-қон томир касалликлари орасида етакчи ўринни эгаллайди ва ўлим ҳолатларининг асосий сабабларидан бири ҳисобланади. Тадқиқотда аёл шифокорларда касбий стресс, юқори иш юкламаси ва психоэмоционал зўриқиш таъсирида қонда глюкоза даражасининг ошиши ҳолатлари таҳлил қилинди. 1497 нафар тиббиёт ходимлари иштирокида ўтказилган эпидемиологик таҳлил натижалари гипергликемиянинг ЮИК ривожланишида муҳим омил эканлигини кўрсатди. Шунингдек, турли ёш гуруҳларида касаллик ва гликемия даражалари ўртасидаги фарқлар аниқланди. Ёш ва ўрта ёшдаги аёлларда гипергликемиянинг юқори тарқалиши кузатилиб, бу ҳолат ЮИК хавфини оширади. Олинган натижалар профилактика чораларини такомиллаштириш, касбий стрессни камайтириш ва саломатлик мониторингини кучайтириш зарурлигини кўрсатади. Ушбу тадқиқот натижалари аёл шифокорлар саломатлигини муҳофаза қилиш ва юрак-қон томир касалликларини олдини олишда муҳим аҳамиятга эга.

122-126

ЛАКТОЗНАЯ НЕПЕРЕНОСИМОСТЬ: ПАТОГЕНЕЗ, КЛИНИЧЕСКИЕ ПРОЯВЛЕНИЯ И СОВРЕМЕННЫЕ ПОДХОДЫ К ДИАГНОСТИКЕ И КОРРЕКЦИИ

Аскарова Ф., Ахмадалиев С.С. (Muallif)

Лактозная непереносимость является широко распространённым клиническим состоянием, обусловленным снижением активности фермента лактазы. В статье рассматриваются механизмы развития, клинические проявления, особенности адаптации организма, а также современные подходы к диагностике и коррекции данного состояния. Особое внимание уделяется роли кишечной микробиоты и пробиотиков в компенсации симптомов. Проведён анализ литературных данных, включающих популяционные и экспериментальные исследования.

41-43

ARTIFICIAL INTELLIGENCE AND MODERN MONITORING IN NEONATOLOGY AND PERINATAL INTENSIVE THERAPY: EARLY DETECTION OF SEPSIS, RESPIRATORY DISTRESS, HYPOTHERMIA, AND COMPLICATIONS IN NEONATAL RESUSCITATION

Anvarova Z. (Muallif)

Neonatal mortality remains a major global health challenge, particularly among premature infants and critically ill newborns requiring intensive care. Early diagnosis and timely management of life-threatening conditions such as neonatal sepsis, respiratory distress syndrome (RDS), hypothermia, and complications during neonatal resuscitation significantly improve survival rates and long-term outcomes. Artificial intelligence (AI) and modern monitoring technologies are increasingly used in neonatal intensive care units (NICUs) to improve diagnostic accuracy and support clinical decision-making.AI-based predictive models allow continuous analysis of physiological parameters including heart rate variability, oxygen saturation, respiratory patterns, temperature regulation, and laboratory indicators. Machine learning algorithms identify early signs of clinical deterioration before severe symptoms develop. Integration of intelligent monitoring systems enables timely interventions, individualized treatment approaches, and improved patient safety.This study reviews the role of artificial intelligence and modern monitoring technologies in early detection of neonatal complications in perinatal intensive therapy. Implementation of AI systems demonstrates significant potential to improve neonatal outcomes, reduce mortality, and enhance quality of medical care.

92-93

AFFEKTIV-RESPIRATOR PAROKSIZMLAR BILAN OG‘RIGAN BOLALARDA TEMIR TANQISLIGI ANEMIYASINING ROLI

Abidova M.D. (Muallif)

Ushbu maqolada affektiv-respirator paroksizmlar bilan og‘rigan bolalarda temir tanqisligi anemiyasining o‘rni laborator ko‘rsatkichlar asosida tahlil qilindi. Taqdim etilgan laborator hujjatlarda gemoglobin miqdorining pasayishi, eritrotsitlar sonining kamayishi va rang ko‘rsatkichining pastlashuvi qayd etilgan bo‘lib, bu holatlar gipoxrom anemiyaga xos ekanligi bilan izohlanadi. Bir qator kuzatuvlarda vitamin D yetishmovchiligi va kalsiy miqdorining pasayishi ham aniqlangan. Biokimyoviy ko‘rsatkichlarning asosiy qismi nisbatan barqaror bo‘lsa-da, gematologik ko‘rsatkichlardagi o‘zgarishlar affektiv-respirator paroksizmlar patogenezida temir tanqisligi muhim omillardan biri ekanini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari ARP bilan og‘rigan bolalarda umumiy qon tahlili, eritrotsitar indekslar va temir almashinuvi ko‘rsatkichlarini muntazam baholash zarurligini ko‘rsatadi.

13-18

IMPACT OF IRON DEFICIENCY ANEMIA ON NEUROCOGNITIVE FUNCTIONS IN ADOLESCENTS AND ANALYSIS OF ITS PATHOPHYSIOLOGICAL MECHANISMS

Juraeva G.A., Akhmadaliyev Sh.Sh. (Muallif)

Iron deficiency anemia (IDA) is one of the most prevalent nutritional disorders among adolescents and poses significant risks to neurocognitive development. This study aims to evaluate the impact of IDA on cognitive functions and to analyze the underlying pathophysiological mechanisms. A comparative cross-sectional study was conducted among adolescents aged 12–18 years, including anemic and healthy control groups. Hematological parameters and neurocognitive performance were assessed using standardized laboratory and computerized tests. The findings reveal that adolescents with IDA exhibit significant impairments in attention, memory, and executive function. Pathophysiological analysis suggests that cerebral hypoxia, impaired neurotransmitter synthesis, and disrupted myelination contribute to cognitive decline. These results highlight the importance of early detection and targeted intervention in preventing long-term neurodevelopmental deficits.

141-143

TURLI SHAKILDAGI TUBERKLYOZ BILAN OG’RIGAN BEMORLARDA SEPSIS PROFILAKTIKASI

G‘ofurjonov M.M. (Muallif)

Ushbu maqolada turli klinik shakldagi tuberklyoz bilan og'rigan bemorlarda sepsisning rivojlanish mexanizmlari, xavf omillari va uni oldini olishning zamonaviy yondashuvlari yoritilgan. Tuberklyoz — Mycobacterium tuberculosis qo'zg'atuvchisi tomonidan kelib chiqadigan surunkali infeksion kasallik bo'lib, immunitet tizimining zaiflashishi fonida sepsis kabi hayot uchun xavfli asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Tadqiqotda o'pka tuberklyozi, suyak-bo'g'im tuberklyozi, tarqalgan (miliar) tuberklyoz hamda ekstrапульмонал shakllarda sepsisning klinik ko'rinishlari va diagnostik mezonlari tahlil qilingan. Bemorlarda umumiy yallig'lanish reaksiyasi sindromi (SIRS), ko'p a'zoli yetishmovchilik va septik shok rivojlanishining patogenetik zanjirlari ko'rib chiqilgan.
Profilaktika choralarining asosiy yo'nalishlari sifatida quyidagilar belgilangan: o'z vaqtida va to'liq antituberkulyoz terapiyasini amalga oshirish, immunomodullovchi davolash, ratsional antibiotikoterapiya, bemorlarni dinamik monitoring qilish, hamda kasalxona ichidagi infeksiyalarning oldini olish. Ayniqsa, pediatrik amaliyotda bolalarda sepsisning erta diagnostikasiga alohida e'tibor qaratilgan.
Olingan ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, kompleks va ko'p bosqichli profilaktika yondashuvi tuberklyozli bemorlarda septik asoratlar chastotasini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi. Maqola yuqumli kasalliklar bo'yicha mutaxassislar, pediatrlar, pulmonologlar va umumiy amaliyot shifokorlari uchun amaliy ahamiyat kasb etadi.

66-74

ФАРҒОНА, АНДИЖОН ВА НАМАНГАН ВИЛОЯТЛАРИ МИСОЛИДА ШИФОКОРЛАР ПОПУЛЯЦИЯСИДА ЮРАК ИШЕМИК КАСАЛЛИГИНИНГ ХОЛЕСТЕРИН ДАРАЖАСИГА БОҒЛИҚ ХОЛДА ЭПИДЕМИОЛОГИЯСИ

Назарова Г.У. (Muallif)

Юрак ишемик касаллиги (ЮИК) дунё миқёсида энг кенг тарқалган юрак-қон томир касалликларидан бири ҳисобланади. Ушбу тадқиқотда Фарғона, Андижон ва Наманган вилоятлари мисолида шифокорлар популяциясида ЮИКнинг холестерин даражасига боғлиқ эпидемиологик хусусиятлари ўрганилди. Тадқиқотда 1497 нафар тиббиёт ходимлари иштирок этди. Натижалар гиперхолестеринемиянинг ЮИК ривожланишида муҳим хатар омилларидан бири эканлигини кўрсатди. Гиперхолестеринемия юқори тарқалиши айниқса ёш ва ўрта ёш гуруҳларида аниқланиб, касбий стресс ва иш юкламаси билан боғлиқлиги кузатилди. Шунингдек, холестерин даражаси ва ЮИК ўртасидаги ўзаро боғлиқлик статистик жиҳатдан тасдиқланди. Олинган натижалар профилактика чораларини кучайтириш, касбий хавф омилларини камайтириш ва тиббиёт ходимлари саломатлигини муҳофаза қилишда муҳим аҳамиятга эга.

127-131

ONA VA BOLA SALOMATLIGIDA ALLERGIK KASALLIKLARNING ILK BOSQICHLI PROFILAKTIKASI: FARG‘ONA VILOYATI EKOLOGIK SHAROITIDA KLINIK-IMMUNOLOGIK VA NUTRISIOLOGIK YONDASHUV

Ruzibayev M.N. (Muallif)

Tadqiqotning dolzarbligi va maqsadi: So‘nggi yillarda bolalar o‘rtasida allergik patologiyalarning o‘sishi kuzatilmoqda. Tadqiqot maqsadi ona va bola salomatligini saqlash doirasida bolalarda allergik kasalliklarning erta profilaktikasida zamonaviy ekologik va nutrisiologik yondashuvlarning samaradorligini klinik-immunologik jihatdan baholashdan iborat. Metodlar: Farg'ona shahar bolalar shifoxonasida allergik kasalliklarga genetik moyilligi bor (atopik anamnez) 3-12 yoshli 20 nafar bola ishtirokida tadqiqot o'tkazildi. Ular nazorat (n=10) va tajriba (n=10) guruhlariga ajratildi. Tajriba guruhiga 1 yil davomida D vitamini va kompleks antioksidant parhez (E, C vitaminlari, resveratrol, kversetin) berildi, GMO va maishiy kimyo vositalari bilan aloqa cheklandi. Natijalar: 1 yildan so'ng tajriba guruhida yallig‘lanishga moyil sitokinlar (IL-6 va TNF-alpha) va Umumiy IgE miqdori nazorat guruhiga nisbatan o'rtacha 34% ga pasaydi, CD4+/CD8+ indeksi barqarorlashdi va allergik xurujlar orasidagi davr 140 kundan 210 kunga uzaydi. Xulosa: Farg'ona viloyati kabi sanoatlashgan hududlarda tashqi muhit triggerlarini nazorat qilish va nutrisiologik qo'llab-quvvatlash allergik jarayonlarning ilk bosqichli profilaktikasida eng samarali strategiya hisoblanadi.

44-47

РОЛЬ ПРЕДГРАВИДАРНОГО (ДОКОНЦЕПЦИОННОГО) СКРИНИНГА В МЕДИКО-СОЦИАЛЬНОЙ РЕАБИЛИТАЦИИ И СНИЖЕНИИ ИНВАЛИДНОСТИ У ДЕТЕЙ РАННЕГО ВОЗРАСТА

Алимова И.А. (Muallif)

Инвалидность у детей раннего возраста во многом обусловлена факторами риска, существующими ещё до беременности. Доконцепционный (предгравидарный) скрининг позволяет выявлять и корректировать эти риски до зачатия, снижая вероятность неблагоприятных исходов и потребность в длительной реабилитации. Поэтому оценка его роли в профилактике инвалидности и выстраивании маршрута раннего вмешательства остаётся актуальной.

94-99

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ПРЕПОДАВАНИЯ ПЕДИАТРИИ НА ОСНОВЕ ИНТЕГРАТИВНОГО КЛИНИКО-СИТУАЦИОННОГО ПОДХОДА В ЭПОХУ РАЗВИТИЯ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА

Ахмедова Е.А. (Muallif)

В статье представлены результаты оценки эффективности интегративного клинико-ситуационного подхода в преподавании педиатрии студентам медицинского вуза в условиях цифровизации образования и расширения использования инструментов искусственного интеллекта. Цель исследования — определить влияние интегративной модели обучения, основанной на разборе клинических случаев, алгоритмизации диагностического поиска, элементах объективной структурированной клинической оценки и использовании цифровых образовательных ресурсов, на уровень теоретической подготовки, клинического мышления и практических навыков студентов. В исследование включены 124 студента 4-го курса: 64 студента основной группы и 60 студентов контрольной группы. Установлено, что после завершения учебного цикла средний балл итогового тестирования в основной группе составил 17,3±1,6 против 14,6±1,9 в контрольной, а средний результат OSCE — 26,1±2,4 против 21,8±2,7 балла соответственно. Полученные данные подтверждают высокую эффективность интегративного клинико-ситуационного подхода и целесообразность его дальнейшего внедрения в преподавание педиатрии.

19-23

2-10 YOSHLI BOLALARDA XAVF OMILI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR TA’SIRIDA NUTQIY VA AQLIY-NUTQIY RIVOJLANISHINING ORQADA QOLISHINI OLDINI OLISH

Babadjanova X.M. (Muallif)

Maqolada raqamli texnologiyalarning 2-10 yoshli bolalarda nutqiy va aqliy-nutqiy rivojlanishiga salbiy ta’siri xavf omili sifatida tahlil qilinadi. Ekranli qurilmalar bilan haddan tashqari muloqot neyrobiologik, lingvistik va ijtimoiy rivojlanish jarayonlarini sekinlashtirishi isbotlangan. Profilaktik yondashuvlar va klinik-pedagogik chora-tadbirlar tibbiy hamjamiyat uchun ustuvor yoʻnalish hisoblanadi.

144-147

BOLALARDA BRONXIAL ASTMADA FIZIOTERAPIYANING FIZIOLOGIK ASOSLARI VA KLINIK QO‘LLANILISHI

Oribjonova V.F. (Muallif)

Mazkur maqolada bronxial astmada fizioterapiyaning fiziologik asoslari va klinik qo‘llanilishi tahlil qilingan. Nafas mashqlari, inspirator mushaklar treningi, bronxlarni tozalash texnikalari va jismoniy mashqlar dasturlarining nafas tizimiga ta’siri yoritilgan. Ushbu yondashuvlar nafas olish funksiyasini yaxshilash, bronxial qarshilikni kamaytirish va simptomlarni nazorat qilishda samarali ekanligi ko‘rsatib berilgan. Fizioterapiyaning farmakoterapiya bilan birgalikda qo‘llanilishi bemorlarning hayot sifatini oshirish va xurujlar chastotasini kamaytirishga xizmat qiladi.

75-78

SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMIDA HAMSHIRALIK XIZMATLARINI BOSHQARISHDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH MODELI

Haydarova B.A. (Muallif)

Maqolada sog‘liqni saqlash tizimida hamshiralik xizmatlarini boshqarish samaradorligini oshirishda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarini joriy etishning nazariy-amaliy jihatlari yoritilgan. Hamshiralik faoliyatini rejalashtirish, monitoring qilish, klinik qaror qabul qilish va bemor xavfsizligini ta’minlashda SI asosidagi raqamli model taklif etilgan. Tadqiqot natijalari hamshiralik xizmatlari sifatini oshirish, inson omiliga bog‘liq xatolarni kamaytirish va boshqaruv qarorlarini optimallashtirish imkoniyatlarini asoslab beradi.

132-134

CHAQALOQLAR JARROHLIGIDA REGIONAR ANESTEZIYA USULLARINI TAKOMILLASHTIRISH: FARMAKOKINETIK INQILOB, NEYROKOGNITIV VA IQTISODIY SAMARADORLIK

To‘ychiyev D.B. (Muallif)

Tadqiqotning dolzarbligi va maqsadi: Chaqaloqlar jarrohligida umumiy anesteziya neyrotoksiklik va gipoksiya xavfini keltirib chiqaradi. "Uyg'oq holatdagi regionar anesteziya" (Awake Regional Anesthesia - ARA) bunga muqobil bo'lsa-da, mahalliy anestetiklarning toksik dozasi (LAST sindromi) muammo bo'lib qolmoqda. Tadqiqot maqsadi deksmedetomidin adyuvanti orqali mahalliy anestetiklar miqdorini kamaytirishning farmakokinetik (PK/PD) profilini, immun-modulyator ta'sirini, 6 oylik neyrokognitiv natijalarni va iqtisodiy samaradorlikni isbotlashdan iborat. Metodlar: Farg'ona viloyati bolalar ko'p tarmoqli shifoxonasida 80 nafar chaqaloq (0-28 kunlik) tadqiqotga jalb etildi. Nazorat guruhi (n=40) umumiy anesteziya (UA), tajriba guruhi (n=40) ARA + deksmedetomidin (doza 35% ga kamaytirilgan bupivakain bilan) asosida operatsiya qilindi. Natijalar: Yangi PK/PD modeli asosida bupivakainning plazmadagi qon konsentratsiyasi toksik chegaradan 2 barobar past bo'lishiga qaramay, analgeziya davomiyligi 14 soatgacha uzaydi. ARA guruhida stress gormonlari (kortizol, IL-6) keskin pasayib, immun-modulyator effekt kuzatildi. 6 oydan so'ng Bayley-III shkalasi bo'yicha kognitiv indeks tajriba guruhida yuqori bo'ldi (102±4 ga qarshi 88±5 ball). O'pka sun'iy ventilyatsiyasiga ehtiyoj qolmagani hisobiga bitta bemorni davolash xarajati 45% ga qisqardi. Xulosa: Chaqaloqlarda perinevral deksmedetomidin qo'llanilgan ARA usuli xalqaro xavfsizlik standarti bo'lib, jarrohlik stressini bloklovchi, miya neyroplastikligini asrovchi va iqtisodiy jihatdan o'ta samarali innovatsion texnologiyadir. 

48-52

ФАКТОРЫ РИСКА РАЗВИТИЯ ФИБРИЛЛЯЦИИ ПРЕДСЕРДИЙ ПОСЛЕ АОРТОКОРОНАРНОГО ШУНТИРОВАНИЯ И ВОЗМОЖНОСТИ ЕЁ ПРОФИЛАКТИКИ

Ахмадалиев Ш.Ш. (Muallif)

Послеоперационная фибрилляция предсердий является одним из наиболее частых осложнений после аортокоронарного шунтирования и ассоциируется с увеличением длительности госпитализации, риском тромбоэмболических осложнений и ухудшением течения раннего послеоперационного периода. Целью исследования явилось выявление основных факторов риска развития фибрилляции предсердий после аортокоронарного шунтирования и оценка эффективности профилактических мероприятий. Проведено ретроспективное клиническое наблюдательное исследование 120 пациентов в возрасте 40–70 лет, перенесших операцию аортокоронарного шунтирования в 2024–2026 гг. на базе Республиканского специализированного кардиологического научно-практического медицинского центра Ферганского регионального филиала. Установлено, что наиболее значимыми факторами риска развития послеоперационной фибрилляции предсердий являлись возраст старше 60 лет, снижение фракции выброса левого желудочка, увеличение размеров левого предсердия, удлинение времени искусственного кровообращения и повышение уровня воспалительных маркеров. Применение дифференцированного профилактического подхода способствовало снижению частоты данного осложнения, что подтверждает необходимость ранней стратификации риска и индивидуализированной профилактики у пациентов после аортокоронарного шунтирования.

100-107

BOLALARDA OCHIQ YURAK OPERATSIYALARIDA TURLI ANESTEZIYA USULLARINING KARDIOPROTEKTIV SAMARADORLIGI

Toxirov F.G‘. (Muallif)

Uchuvchan anestetiklar farmakologik prekonditsiyalash orqali miokardni ishemik-reperfuzion shikastlanishdan himoya qilishi mumkin, biroq pediatrik kardiojarrohlikda klinik ma’lumotlar yetarli emas. Multimodal anesteziya qo‘shimcha kardioprotektiv ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tadqiqotning maqsadi ochiq yurak operatsiyasi o‘tkazilgan bolalarda sevofluran, propofol va multimodal anesteziyaning kardioprotektiv ta’sirini baholashdan iborat.
Tadqiqotga 6 oylikdan 5 yoshgacha bo‘lgan 138 nafar bola kiritildi. Bemorlar uch guruhga ajratildi: sevofluran (n=53), propofol (n=53) va multimodal anesteziya (n=32). Asosiy ko‘rsatkich troponin T darajasi bo‘ldi.
Natijada sevofluran va multimodal anesteziya guruhlarida troponin T darajasi past, aritmiyalar va inotrop ehtiyoj kamroq, tiklanish tezroq bo‘ldi. Multimodal anesteziya sevofluranga yaqin darajadagi kardioprotektiv ta’sir ko‘rsatadi.

24-29

3 YOSHGACHA BOLALARDA PNEVMONIYANING BRONXOOBSTRUKTIV SINDROM BILAN KECHISHINING PROFILAKTIK CHORA-TADBIRLARINI SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH (FARG‘ONA VILOYATI MISOLIDA)

Oxunova M.J. (Muallif)

Mazkur tadqiqot 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda pnevmoniyaning bronxoobstruktiv sindrom (BOS) bilan kechishining profilaktik chora-tadbirlarini sun’iy intellekt (SI) asosida takomillashtirishga bag‘ishlangan. So‘nggi yillarda bolalar orasida nafas yo‘llari kasalliklari, ayniqsa pnevmoniya va BOS bilan bog‘liq patologiyalar keng tarqalib borayotgani ushbu muammoning dolzarbligini yanada oshirmoqda.Erta yoshdagi bolalarda bronxlarning anatomik torligi, shilliq qavatning yuqori reaktivligi, mukus gipersekresiyasi va immun tizimining yetarlicha shakllanmaganligi tufayli pnevmoniya ko‘pincha bronxoobstruktiv sindrom bilan kechadi va kasallikning og‘ir hamda asoratli shakllarini yuzaga keltiradi. Shu bilan birga, kasallikning qaytalanish ehtimoli yuqori bo‘lib, bu esa kelgusida surunkali bronx-o‘pka kasalliklari rivojlanish xavfini oshiradi.Tadqiqotda Farg‘ona viloyati misolida 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida pnevmoniyaning BOS bilan kechishida asosiy xavf omillari aniqlanib, ularni baholashda zamonaviy sun’iy intellekt algoritmlaridan foydalanish imkoniyatlari o‘rganildi. Klinik, laborator va ijtimoiy-gigiyenik ko‘rsatkichlar asosida ma’lumotlar tahlil qilinib, mashinaviy o‘rganish (machine learning) modellaridan foydalangan holda yuqori xavf guruhiga kiruvchi bolalarni erta aniqlash imkoniyati yaratildi.Natijalar shuni ko‘rsatdiki, sun’iy intellekt asosida ishlab chiqilgan model yordamida bronxoobstruktiv sindrom rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan bolalarni aniqlash, kasallikni erta diagnostika qilish va individual profilaktik yondashuvni qo‘llash mumkin. Ushbu yondashuv kasallikning og‘ir kechishi, asoratlar rivojlanishi va qaytalanish chastotasini sezilarli darajada kamaytirishga xizmat qiladi.Tadqiqot natijalari sun’iy intellekt texnologiyalarini pediatriya amaliyotiga joriy etish orqali pnevmoniyaning bronxoobstruktiv sindrom bilan kechishini oldini olish, xavf guruhidagi bolalarni monitoring qilish va profilaktik chora-tadbirlarni takomillashtirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

79-83

NEONATOLOGIYA VA PERINATAL INTENSIV TERAPIYADA SEPSIS, RESPIRATOR DISTRESS SINDROMI VA GIPOTERMIYANI ERTA ANIQLASHDA ZAMONAVIY MONITORING USULLARINING AHAMIYATI

Mullajonov H.E., Mansurova M.A. (Muallif)

Mazkur tezis neonatal davrda uchraydigan og‘ir patologik holatlar — neonatal sepsis, respirator distress sindromi hamda gipotermiyani erta aniqlash va davolashda zamonaviy monitoring usullarining ahamiyatini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Neonatal intensiv terapiyada hayotiy ko‘rsatkichlarni uzluksiz nazorat qilish, laborator markerlarni dinamik baholash hamda kompleks klinik monitoring erta diagnostika imkoniyatlarini kengaytiradi. Zamonaviy monitoring texnologiyalaridan foydalanish neonatal o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirish va asoratlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

135-136

OʻZBEKISTONDA BOLALARDA SIYDIK-TOSH DIATEZLARINING KLINIK-LABORATOR XUSUSIYATLARI VA PROFILAKTIKASI

Ahmadaliyev Sh.Sh., Muxsinov Sh.O’. (Muallif)

Mazkur maqolada Oʻzbekistonda bolalarda uchraydigan siydik-tosh diatezlarining klinik va laborator xususiyatlari, ularning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar hamda profilaktika usullari yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, bolalarda ko‘proq oksalat va urat diatezlari uchrashi, yoz mavsumida kasallik holatlari ko‘payishi hamda suvsizlanish asosiy xavf omili ekani aniqlangan. Kasallikning oldini olishda to‘g‘ri ichimlik rejimi, ratsional ovqatlanish va muntazam tibbiy nazorat muhim ahamiyatga ega.

53-55

BO‘LAJAK SHIFOKORLARNING ILMIY MAQOLANI KRITIK BAHOLASH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHDA STRUKTURALLASHGAN EBM-TRENING SAMARADORLIGI

Axmadaliyeva M.A. (Muallif)

Tibbiyot ta’limida dalillarga asoslangan tibbiyot (EBM) tamoyillarini o‘qitish bo‘lajak shifokorlarning klinik qaror qabul qilish sifati, ilmiy dalillarni tanlash va maqolalarni tanqidiy baholash ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Mazkur tadqiqotning maqsadi pediatriya fakulteti 5-bosqich talabalarida ilmiy maqolani kritik baholash ko‘nikmalarini rivojlantirishda strukturallashgan EBM-trening samaradorligini baholashdan iborat bo‘ldi. Tadqiqot Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 2024–2026-yillarda retrospektiv va prospektiv dizayn asosida olib borildi. Jami 110 nafar talaba tahlilga kiritildi: retrospektiv bosqichda an’anaviy o‘qitish asosida tahsil olgan 52 nafar talabaning natijalari, prospektiv bosqichda esa strukturallashgan EBM-treningdan o‘tgan 58 nafar talabaning oldi va yakuniy ko‘rsatkichlari o‘rganildi. Asosiy yakuniy nuqta sifatida ilmiy maqolani kritik baholash, PICO-savol tuzish, ma’lumotlar bazasida maqsadli qidiruvni amalga oshirish, tadqiqot dizaynini aniqlash, xatolik manbalarini baholash va statistik natijalarni talqin qilish ko‘nikmalaridan iborat integral EBM-kompetensiya indeksi qabul qilindi. Prospektiv guruhda integral ko‘rsatkich 46,8±11,9 balldan 74,6±10,8 ballgacha oshdi (p<0,001). Yetarli kompetensiya darajasiga erishgan talabalar ulushi 27,6% dan 75,9% gacha ko‘tarildi. Retrospektiv guruh yakuniy ko‘rsatkichi bilan solishtirganda prospektiv guruhda barcha asosiy domenlar bo‘yicha ustunlik kuzatildi. Olingan natijalar strukturallashgan, ko‘p komponentli EBM-trening tibbiyot pedagogikasida ilmiy tafakkur, maqolani tanqidiy o‘qish va dalildan amaliy foydalanish ko‘nikmalarini sezilarli yaxshilashini ko‘rsatdi.

108-113

TIBBIYOT OLIYGOHI TALABALARIGA BOLALAR REANIMATSIYASI FANINI O'QITISHDA SUN'IY INTELLEKTDAN FOYDALANIB "IN SITU" SIMULYATSION TREYNING USULINI QO'LLASH: BIOMETRIK QAYTA ALOQA VA YASHIRIN XAVFLAR DIAGNOSTIKASI

Shuhratjonov M.Sh. (Muallif)

Tadqiqotning dolzarbligi va maqsadi: Bolalar reanimatsiyasida kognitiv yuklama va stress o‘ta yuqori bo‘lib, shifokordan tezkor klinik qaror qabul qilish talab etiladi. Tadqiqotning maqsadi tibbiyot ta’limida In Situ simulyatsiyasini (ISS) Sun'iy Intellekt (SI), ko'z harakatini kuzatish (Eye-tracking) va yurak urishi o'zgaruvchanligi (HRV) datchiklari bilan integratsiya qilish orqali talabalarning klinik qaror qabul qilish tezligini oshirish va shifoxonadagi "Yashirin tizimli xavflar"ni (LST) diagnostika qilishdan iborat. Metodlar: Tadqiqotda 20 nafar klinik ordinator ishtirok etdi. Nazorat guruhi (n=10) an'anaviy simulyatsiya markazida, tajriba guruhi (n=10) esa bevosita real bolalar reanimatsiyasi palatasida (ISS) SI va biometrik sensorlar qamrovida anafilaktik shok ssenariysida o'qitildi. Natijalar: Klinik algoritmlarni ijro etish tezligi ("Time-to-intervention") tahlili shuni ko'rsatdiki, epinefrin yuborish vaqti nazorat guruhidagi 110±15 soniyadan tajriba guruhida 75±10 soniyaga qisqardi. SI orqali tajribasiz talabalarda "kognitiv tunnel" effekti aniqlanib, biometrik qayta aloqa yordamida bartaraf etildi. Shuningdek, real palatadagi ISS jarayonida tajriba guruhi tomonidan jami 12 ta yashirin tizimli xavf (LST) aniqlandi. Xulosa: In situ simulyatsiyasini SI biometriyasi bilan birlashtirish talabalarning "Yaqin rivojlanish zonasi"dagi kognitiv yuklamasini optimallashtiradi va butun shifoxona tizimi xavfsizligini ta’minlovchi noyob diagnostik instrument bo'lib xizmat qiladi. 

30-36

BRONXIAL ASTMA PATOFIZIOLOGIYASI VA RIVOJLANISH MEXANIZMLARI

Oribjonova V.F. (Muallif)

Mazkur tezisda bronxial astmaning patofiziologik xususiyatlari, uning rivojlanishida immun mexanizmlar, genetik va atrof-muhit omillarining o‘rni tahlil qilingan. Al¬lergik reaksiyalar, sitokinlar disbalansi, apoptoz jarayonlari hamda mikrobiota o‘zgarishlarining bronxial astma shakllanishidagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, bolalarda kasallik rivojlan¬ishining o‘ziga xos jihatlari ko‘rsatib berilgan.

84-85

TEZISLAR

JAMOAT SALOMATLIGI SAQLASHDA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISHNING IJOBIY VA SALBIY JIXATLARI

Axmadalieyev R.U. (Muallif)

JAMOAT SALOMATLIGI SAQLASHDA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISHNING IJOBIY VA SALBIY JIXATLARI

148-149

SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA BOLALARDA NEFROTIK SINDROM PROGNOZINI BAHOLASH

Nurmatova O.O. (Muallif)

SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA BOLALARDA NEFROTIK SINDROM PROGNOZINI BAHOLASH

165-165

ИСКУССТВЕННЫЙ ИНТЕЛЛЕКТ В ПЕДИАТРИИ: КАК ОН ПОМОГАЕТ ВРАЧУ ПРИНИМАТЬ РЕШЕНИЯ, ОЦЕНИВАТЬ РИСКИ И ПРОГНОЗИРОВАТЬ СОСТОЯНИЕ РЕБЁНКА

Аскарова Ф., Ахмадалиев Ш.Ш. (Muallif)

ИСКУССТВЕННЫЙ ИНТЕЛЛЕКТ В ПЕДИАТРИИ: КАК ОН ПОМОГАЕТ ВРАЧУ ПРИНИМАТЬ РЕШЕНИЯ, ОЦЕНИВАТЬ РИСКИ И ПРОГНОЗИРОВАТЬ СОСТОЯНИЕ РЕБЁНКА

188-188

NEONATAL TORAKOTOMIYADAN KEYINGI OG‘RIQNI BAHOLASHDA COVERS SHKALASINING KLINIK SAMARADORLIGI

Ismailov R.A.##common.commaListSeparator##Yusupov A.S. (Muallif)

NEONATAL TORAKOTOMIYADAN KEYINGI OG‘RIQNI BAHOLASHDA COVERS SHKALASINING KLINIK SAMARADORLIGI

158-159

CHAQALOQLAR JARROHLIGIDA REGIONAR ANESTEZIYA USULLARINI TAKOMILLASHTIRISH: FARMAKOKINETIK INQILOB VA NEYROKOGNITIV SAMARADORLIK

To‘ychiyev D.B. (Muallif)

CHAQALOQLAR JARROHLIGIDA REGIONAR ANESTEZIYA USULLARINI TAKOMILLASHTIRISH: FARMAKOKINETIK INQILOB VA NEYROKOGNITIV SAMARADORLIK

179-179

BOLALARDA AUTOIMMUN KASALLIKLARNING ILK BOSQIChLI PROFILAKTIKASIDA EKOLOGIK VA NUTRISIOLOGIK OMILLARNING AHAMIYATI

Ruzibayev N.M., Arslanova G.M. (Muallif)

BOLALARDA AUTOIMMUN KASALLIKLARNING ILK BOSQIChLI PROFILAKTIKASIDA EKOLOGIK VA NUTRISIOLOGIK OMILLARNING AHAMIYATI

204-204

BOLALARDA SUPRAVENTRIKULYAR TAXIKARDIYA: TASHXIS VA DAVOLASHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI

Omonova M.O., Axmadaliyev Sh.Sh. (Muallif)

BOLALARDA SUPRAVENTRIKULYAR TAXIKARDIYA: TASHXIS VA DAVOLASHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI

152-152

BOLALARDA AUTOIMMUN PATOLOGIYALARNI PROGNOZLASHDA SUN’IY INTELLEKT VA KLINIK YO‘RIQNOMALAR INTEGRATSIYASI

Ruzibayev N.M. (Muallif)

BOLALARDA AUTOIMMUN PATOLOGIYALARNI PROGNOZLASHDA SUN’IY INTELLEKT VA KLINIK YO‘RIQNOMALAR INTEGRATSIYASI

172-172

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ МЕТОДОВ РАННЕЙ ДИАГНОСТИКИ, ЛЕЧЕНИЯ И ПРОФИЛАКТИКИ ЖИЗНЕУГРОЖАЮЩИХ АРИТМИИ У НОВОРОЖДЁННЫХ

Кодиров М.А. (Muallif)

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ МЕТОДОВ РАННЕЙ ДИАГНОСТИКИ, ЛЕЧЕНИЯ И ПРОФИЛАКТИКИ ЖИЗНЕУГРОЖАЮЩИХ АРИТМИИ У НОВОРОЖДЁННЫХ

197-197

PEDIATRIYA REANIMATSIYASIDA GEMODINAMIK MONITORING: SUN’IY INTELLEKTGA ASOSLANGAN “ERTA OGOHLANTIRISH TIZIMLARI” (AI-EWS) TAHLILI

G ‘ofurjonov M.M., Zulfiqorva Eʼ. (Muallif)

PEDIATRIYA REANIMATSIYASIDA GEMODINAMIK MONITORING: SUN’IY INTELLEKTGA ASOSLANGAN “ERTA OGOHLANTIRISH TIZIMLARI” (AI-EWS) TAHLILI

166-167

NEONATAL SEPSIS, RESPIRATOR DISTRESS VA GIPOTERMIYANI ERTA ANIQLASHDA SUN’IY INTELLEKT VA ZAMONAVIY MONITORING TIZIMLARINING RO‘LI

Abdujabborov Sh.A. (Muallif)

NEONATAL SEPSIS, RESPIRATOR DISTRESS VA GIPOTERMIYANI ERTA ANIQLASHDA SUN’IY INTELLEKT VA ZAMONAVIY MONITORING TIZIMLARINING RO‘LI

189-189

BOLALAR ANESTEZIOLOGIYASIDA PERIOPERATSION DAVRDA GIPOTENZIYA XAVFINI BAHOLASHDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINIG QO’LLANILISHI

Toshboyev Sh.O., Jo’rayev Sh.T. (Muallif)

BOLALAR ANESTEZIOLOGIYASIDA PERIOPERATSION DAVRDA GIPOTENZIYA XAVFINI BAHOLASHDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINIG QO’LLANILISHI

160-160

SHOK HOLATIDAGI BOLALARDA INFUZION TERAPIYANI OPTIMALLASHTIRISHDA SUN’IY INTELLEKTGA ASOSLANGAN QAROR QABUL QILISH TIZIMLARI

G‘ofurjonov M.M. (Muallif)

SHOK HOLATIDAGI BOLALARDA INFUZION TERAPIYANI OPTIMALLASHTIRISHDA SUN’IY INTELLEKTGA ASOSLANGAN QAROR QABUL QILISH TIZIMLARI

180-181

НЕОБХОДИМОСТЬ СОЗДАНИЯ НОВОГО ШКАЛЫ ОЦЕНКИ СОСТОЯНИЯ ЗДОРОВЬЯ ПАЦИЕНТА В ОТДЕЛЕНИЯХ АНЕСТЕЗИОЛОГИИ-РЕАНИМАТОЛОГИИ

Абдираимов М. (Muallif)

НЕОБХОДИМОСТЬ СОЗДАНИЯ НОВОГО ШКАЛЫ ОЦЕНКИ СОСТОЯНИЯ ЗДОРОВЬЯ ПАЦИЕНТА В ОТДЕЛЕНИЯХ АНЕСТЕЗИОЛОГИИ-РЕАНИМАТОЛОГИИ

205-205

BOLALARDA ORTTIRILGAN KARDIOMIOPATIYANI DAVOLASHNING ZAMONAVIY USULLARI

Muhammadziyoyev H.H., Axmadaliyev Sh.Sh. (Muallif)

BOLALARDA ORTTIRILGAN KARDIOMIOPATIYANI DAVOLASHNING ZAMONAVIY USULLARI

153-153

QIZAMIQ INFEKSIYASIDAN KEYINGI O‘TKIROSTI SKLEROZLOVCHI PANENSEFALIT RIVOJLANISHINING EPIDEMIOLOGIK VA KLINIK XUSUSIYATLARI

Shomansurov Sh.Sh., Saidazizova Sh.X., Inomov F.U. (Muallif)

QIZAMIQ INFEKSIYASIDAN KEYINGI O‘TKIROSTI SKLEROZLOVCHI PANENSEFALIT RIVOJLANISHINING EPIDEMIOLOGIK VA KLINIK XUSUSIYATLARI

173-174

РАЗРАБОТКА МЕТОДОВ ОБУЧЕНИЯ СТУДЕНТОВ ПО ПРОВЕДЕНИЮ КАРДИОПУЛЬМОНАРНОЙ РЕАНИМАЦИИ С АВТОМАТИЧЕСКИМ ВНЕШНИМ ДЕФИБРИЛЛАТОРОМ В МЕТОДЕ СИМУЛЯЦИОННОГО ОБУЧЕНИЯ

Кодиров М.А. (Muallif)

РАЗРАБОТКА МЕТОДОВ ОБУЧЕНИЯ СТУДЕНТОВ ПО ПРОВЕДЕНИЮ КАРДИОПУЛЬМОНАРНОЙ РЕАНИМАЦИИ С АВТОМАТИЧЕСКИМ ВНЕШНИМ ДЕФИБРИЛЛАТОРОМ В МЕТОДЕ СИМУЛЯЦИОННОГО ОБУЧЕНИЯ

198-198

3 YOSHGACHA BO‘LGAN BOLALARDA PNEVMONIYANING BRONXOOBSTRUKTIV SINDROM BILAN KECHISHINING PROFILAKTIK CHORA-TADBIRLARINI TAKOMILLASHTIRISH (FARG‘ONA VILOYATI MISOLIDA)

Oxunova M.J. (Muallif)

3 YOSHGACHA BO‘LGAN BOLALARDA PNEVMONIYANING BRONXOOBSTRUKTIV SINDROM BILAN KECHISHINING PROFILAKTIK CHORA-TADBIRLARINI TAKOMILLASHTIRISH (FARG‘ONA VILOYATI MISOLIDA)

168-168

ЭФФЕКТИВНОСТЬ КИПР РАННЕГО ВМЕШАТЕЛЬСТВА У ДЕТЕЙ ГРУППЫ РИСКА: ТЕЛЕМЕДИЦИНА И ЦИФРОВОЙ МОНИТОРИНГ

Алимова И.А., Шерматов Р.М. (Muallif)

ЭФФЕКТИВНОСТЬ КИПР РАННЕГО ВМЕШАТЕЛЬСТВА У ДЕТЕЙ ГРУППЫ РИСКА: ТЕЛЕМЕДИЦИНА И ЦИФРОВОЙ МОНИТОРИНГ

190-191

REANIMATSIYA VA INTENSIV TERAPIYA BO‘LIMLARIDA BEMOR BOLALAR OG‘IRLIK DARAJASINI BAHOLASHDA PEDIATRIK SHKALALARNING AHAMIYATI

Nematova Z.M.##common.commaListSeparator##Nematova M.SH. (Muallif)

REANIMATSIYA VA INTENSIV TERAPIYA BO‘LIMLARIDA BEMOR BOLALAR OG‘IRLIK DARAJASINI BAHOLASHDA PEDIATRIK SHKALALARNING AHAMIYATI

161-161

TA’LIM JARAYONIGA SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA YARATILGAN PLATFORMANI JORIY ETISHNING AFZALLIKLARI

Abdullayev G‘.A., Abdullayeva G.A. (Muallif)

TA’LIM JARAYONIGA SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA YARATILGAN PLATFORMANI JORIY ETISHNING AFZALLIKLARI

182-183

BRONXIAL ASTMA PATOFIZIOLOGIYASI VA RIVOJLANISH MEXANIZMLARI

Oribjonova V.F. (Muallif)

BRONXIAL ASTMA PATOFIZIOLOGIYASI VA RIVOJLANISH MEXANIZMLARI

206-207

BOLALARDA LAPAROSKOPIK OPERATSIYALAR PAYTIDA QORIN BO'SHLIG'I ICHKI BOSIMINING KARDIORESPIRATOR TIZIM PARAMETRLARIGA TA'SIRINI BAHOLASH.

Abdullajonov X.M., Davlataliyev A.A. (Muallif)

BOLALARDA LAPAROSKOPIK OPERATSIYALAR PAYTIDA QORIN BO'SHLIG'I ICHKI BOSIMINING KARDIORESPIRATOR TIZIM PARAMETRLARIGA TA'SIRINI BAHOLASH.

154-154

BOLALAR ANESTEZIOLOGIYASIDA PERIOPERATSION XAVFNI PROGNOZLASH VA MULTIMODAL ANALGEZIYADA SUN’IY INTELLEKT ASOSIDAGI INDIVIDUAL YONDASHUV

Abdujabborov Sh.A., Abduraxmonova M.K. (Muallif)

BOLALAR ANESTEZIOLOGIYASIDA PERIOPERATSION XAVFNI PROGNOZLASH VA MULTIMODAL ANALGEZIYADA SUN’IY INTELLEKT ASOSIDAGI INDIVIDUAL YONDASHUV

175-176

КОМПЛЕКСНАЯ ПРОФИЛАКТИКА ЗАДЕРЖКИ РЕЧЕВОГО И ПСИХОРЕЧЕВОГО РАЗВИТИЯ ДЕТЕЙ 2–10 ЛЕТ В УСЛОВИЯХ ВОЗДЕЙСТВИЯ ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ

Бабаджанова Х.М. (Muallif)

КОМПЛЕКСНАЯ ПРОФИЛАКТИКА ЗАДЕРЖКИ РЕЧЕВОГО И ПСИХОРЕЧЕВОГО РАЗВИТИЯ ДЕТЕЙ 2–10 ЛЕТ В УСЛОВИЯХ ВОЗДЕЙСТВИЯ ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ

199-200

PEDIATRIYADA SUN’IY INTELLEKT: KLINIK QARORLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH, RISK STRATIFIKATSIYASI, PROGNOZLASH, KLINIK YO‘RIQNOMALAR BILAN INTEGRATSIYA

Hoshimjonova M.S., Nurmatova O.A. (Muallif)

PEDIATRIYADA SUN’IY INTELLEKT: KLINIK QARORLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH, RISK STRATIFIKATSIYASI, PROGNOZLASH, KLINIK YO‘RIQNOMALAR BILAN INTEGRATSIYA

169-169

CLINICAL AND PROGNOSTIC SIGNIFICANCE OF RISK FACTORS FOR IMPAIRED EARLY NEONATAL ADAPTATION

Anvarova Z.Q. (Muallif)

CLINICAL AND PROGNOSTIC SIGNIFICANCE OF RISK FACTORS FOR IMPAIRED EARLY NEONATAL ADAPTATION

192-193

CHAQALOQLARDA NEKROZLANUVCHI ENTEROKOLITDA PERIOPERATSION OG‘RIQ NAZORATI USULLARINI OPTIMALLASHTIRISH

Nematova Z.M. (Muallif)

CHAQALOQLARDA NEKROZLANUVCHI ENTEROKOLITDA PERIOPERATSION OG‘RIQ NAZORATI USULLARINI OPTIMALLASHTIRISH

162-162

РОЛЬ ОБУЧАЮЩЕЙ ПЛАТФОРМЫ (LMS) НА ОСНОВЕ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА В ОБРАЗОВАНИИ МЕДИЦИНСКИХ ДИСЦИПЛИН

Абдуллаев Г.А. (Muallif)

РОЛЬ ОБУЧАЮЩЕЙ ПЛАТФОРМЫ (LMS) НА ОСНОВЕ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА В ОБРАЗОВАНИИ МЕДИЦИНСКИХ ДИСЦИПЛИН

184-185

REVMATOID ARTRITDA GIPERURIKEMIYA VA PODAGRA BILAN BOG‘LIQ KOMORBIDLIKLARNING KASALLIK FAOLLIGI VA O‘LIM KO‘RSATKICHLARIGA TA’SIRINI SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA PROGNOZLASH VA XAVF STRATIFIKATSIYASI

Maxmudova M.A. (Muallif)

REVMATOID ARTRITDA GIPERURIKEMIYA VA PODAGRA BILAN BOG‘LIQ KOMORBIDLIKLARNING KASALLIK FAOLLIGI VA O‘LIM KO‘RSATKICHLARIGA TA’SIRINI SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA PROGNOZLASH VA XAVF STRATIFIKATSIYASI

208-210

ХОМИЛАДОРЛИК ВА ТУҒРУҚ ДАВРИ АСОРАТЛАРИНИНГ КЎКРАК ЁШИДАГИ БОЛАЛАРДА ОҚСИЛ-ЭНЕРГИЯ ЕТИШМОВЧИЛИГИ РИВОЖЛАНИШИДАГИ АХАМИЯТИ

Холматова Н.О., Хакимов Ш.К. (Muallif)

ХОМИЛАДОРЛИК ВА ТУҒРУҚ ДАВРИ АСОРАТЛАРИНИНГ КЎКРАК ЁШИДАГИ БОЛАЛАРДА ОҚСИЛ-ЭНЕРГИЯ ЕТИШМОВЧИЛИГИ РИВОЖЛАНИШИДАГИ АХАМИЯТИ

155-156

SUN’IY INTELLEKT TARAQQIYOTI DAVRIDA BO‘LAJAK PEDIATR-REANIMATOLOGLARNING KLINIK KOMPETENTLIGINI OSHIRISHDA "IN SITU" SIMULYATSIYASINING O‘RNI

Shuhratjonov M.Sh. (Muallif)

SUN’IY INTELLEKT TARAQQIYOTI DAVRIDA BO‘LAJAK PEDIATR-REANIMATOLOGLARNING KLINIK KOMPETENTLIGINI OSHIRISHDA "IN SITU" SIMULYATSIYASINING O‘RNI

177-177

ORTTIRILGAN IMMUNITET TANQISLIGI MAVJUD KICHIK YOSHDAGI BOLALARDA O‘TKIR BRONXIT KASALLIGINING RIVOJLANISH XAVF OMILLARINI SUN’IY INTELLEKTGA ASOSLANGAN ERTA PROFILAKTIKASI

Shermatov R.M., Sobirova M.М. (Muallif)

ORTTIRILGAN IMMUNITET TANQISLIGI MAVJUD KICHIK YOSHDAGI BOLALARDA O‘TKIR BRONXIT KASALLIGINING RIVOJLANISH XAVF OMILLARINI SUN’IY INTELLEKTGA ASOSLANGAN ERTA PROFILAKTIKASI

201-202

BOLALARDA ALLERGIK ETIOLOGIYALI OBSTRUKTIV BRONXITLARNING ENTEROPATIYALAR BILAN BOG‘LIQ HOLDA KECHISHI

Ruzibayev N.M. (Muallif)

BOLALARDA ALLERGIK ETIOLOGIYALI OBSTRUKTIV BRONXITLARNING ENTEROPATIYALAR BILAN BOG‘LIQ HOLDA KECHISHI

170-170

СОВРЕМЕННЫЕ АСПЕКТЫ ГРУДНОГО ВСКАРМЛИВАНИЯ И ПИТАНИЯ НОВОРОЖДЁННЫХ: РОЛЬ В РАЗВИТИИ ВРОЖДЁННОГО ИММУНИТЕТА И ФОРМИРОВАНИИ КИШЕЧНОЙ МИКРОБИОТЫ С ХАРАКТЕРИСТИКОЙ ЛОКАЛЬНЫХ И ФАКУЛЬТАТИВНЫХ ШТАММОВ ESCHERICHIA COLI И ПРИМЕНЕНИЕМ МЕТОДОВ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛ

Динмухаммадиева Д.Р. (Muallif)

СОВРЕМЕННЫЕ АСПЕКТЫ ГРУДНОГО ВСКАРМЛИВАНИЯ И ПИТАНИЯ НОВОРОЖДЁННЫХ: РОЛЬ В РАЗВИТИИ ВРОЖДЁННОГО ИММУНИТЕТА И ФОРМИРОВАНИИ КИШЕЧНОЙ МИКРОБИОТЫ С ХАРАКТЕРИСТИКОЙ ЛОКАЛЬНЫХ И ФАКУЛЬТАТИВНЫХ ШТАММОВ ESCHERICHIA COLI И ПРИМЕНЕНИЕМ МЕТОДОВ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА

194-194

BOLALARDA O’TKAZILGAN TORAKOPLASTIKA AMALIYOTIDA NEYROAKSIAL BLOKADALAR SAMARADORLIGI

Olimov M.S. (Muallif)

BOLALARDA O’TKAZILGAN TORAKOPLASTIKA AMALIYOTIDA NEYROAKSIAL BLOKADALAR SAMARADORLIGI

163-164

AFFEKTIV RESPIRATOR PAROKSIZMLI BOLALARDA KLINIK BELGILARNI TIZIMLI BAHOLASH VA PROGNOZLASH IMKONIYATLARI

Abidova M.D. (Muallif)

AFFEKTIV RESPIRATOR PAROKSIZMLI BOLALARDA KLINIK BELGILARNI TIZIMLI BAHOLASH VA PROGNOZLASH IMKONIYATLARI

186-187

OQSIL ENERGIYA YETISHMOVCHILIK BOR GO’DAKLARDA TURLI SOMATIK KASALLIKLARNING UCHRASH SABABLARI

Xolmatova N.O. (Muallif)

OQSIL ENERGIYA YETISHMOVCHILIK BOR GO’DAKLARDA TURLI SOMATIK KASALLIKLARNING UCHRASH SABABLARI

157-157

AUTOIMMUN KASALLIKLAR PROFILAKTIKASINI O‘RGATISHDA "IN SITU" SIMULYATSIYASINING BO‘LAJAK PEDIATR-REANIMATOLOGLAR KOMPETENTLIGIDAGI O‘RNI

Shuhratjonov M.Sh., Barziyev F. (Muallif)

AUTOIMMUN KASALLIKLAR PROFILAKTIKASINI O‘RGATISHDA "IN SITU" SIMULYATSIYASINING BO‘LAJAK PEDIATR-REANIMATOLOGLAR  KOMPETENTLIGIDAGI O‘RNI

178-178

BOLALARDA ALLERGIK ETIOLOGIYALI OBSTRUKTIV BRONXITLARNING ENTEROPATIYALAR BILAN BOG‘LIQ HOLDA KECHISHI

Ruzibayev N.M. (Muallif)

BOLALARDA ALLERGIK ETIOLOGIYALI OBSTRUKTIV BRONXITLARNING ENTEROPATIYALAR BILAN BOG‘LIQ HOLDA KECHISHI

203-203

PEDIATRIYA DARSLARIDA PICO SAVOL TUZISH METODIKASINI O‘RGATISH SAMARADORLIGI

Axmadaliyeva M.A. (Muallif)

PEDIATRIYA DARSLARIDA PICO SAVOL TUZISH METODIKASINI O‘RGATISH SAMARADORLIGI

150-151

BOLALARDA AUTOIMMUN PATOLOGIYALARNI PROGNOZLASHDA SUN’IY INTELLEKT VA KLINIK YO‘RIQNOMALAR INTEGRATSIYASI

Ruzibayev N.M., Arslanova G.M. (Muallif)

BOLALARDA AUTOIMMUN PATOLOGIYALARNI PROGNOZLASHDA SUN’IY INTELLEKT VA KLINIK YO‘RIQNOMALAR INTEGRATSIYASI

171-171

ПРЕДИКТИВНЫЙ МОНИТОРИНГ И ПЕРСОНАЛИЗАЦИЯ АНЕСТЕЗИОЛОГИЧЕСКОГО ОБЕСПЕЧЕНИЯ В ПЕДИАТРИИ: РЕАЛИЗАЦИЯ СТРАТЕГИИ «УМНАЯ МЕДИЦИНА» В УЗБЕКИСТАНЕ (2025–2026 ГГ.)

Каримова К., Алимова И.А. (Muallif)

ПРЕДИКТИВНЫЙ МОНИТОРИНГ И ПЕРСОНАЛИЗАЦИЯ АНЕСТЕЗИОЛОГИЧЕСКОГО ОБЕСПЕЧЕНИЯ В ПЕДИАТРИИ: РЕАЛИЗАЦИЯ СТРАТЕГИИ «УМНАЯ МЕДИЦИНА» В УЗБЕКИСТАНЕ (2025–2026 ГГ.)

195-196