Uchuvchan anestetiklar farmakologik prekonditsiyalash orqali miokardni ishemik-reperfuzion shikastlanishdan himoya qilishi mumkin, biroq pediatrik kardiojarrohlikda klinik ma’lumotlar yetarli emas. Multimodal anesteziya qo‘shimcha kardioprotektiv ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tadqiqotning maqsadi ochiq yurak operatsiyasi o‘tkazilgan bolalarda sevofluran, propofol va multimodal anesteziyaning kardioprotektiv ta’sirini baholashdan iborat.
Tadqiqotga 6 oylikdan 5 yoshgacha bo‘lgan 138 nafar bola kiritildi. Bemorlar uch guruhga ajratildi: sevofluran (n=53), propofol (n=53) va multimodal anesteziya (n=32). Asosiy ko‘rsatkich troponin T darajasi bo‘ldi.
Natijada sevofluran va multimodal anesteziya guruhlarida troponin T darajasi past, aritmiyalar va inotrop ehtiyoj kamroq, tiklanish tezroq bo‘ldi. Multimodal anesteziya sevofluranga yaqin darajadagi kardioprotektiv ta’sir ko‘rsatadi.