Tadqiqotning dolzarbligi va maqsadi: So‘nggi yillarda bolalar o‘rtasida allergik patologiyalarning o‘sishi kuzatilmoqda. Tadqiqot maqsadi ona va bola salomatligini saqlash doirasida bolalarda allergik kasalliklarning erta profilaktikasida zamonaviy ekologik va nutrisiologik yondashuvlarning samaradorligini klinik-immunologik jihatdan baholashdan iborat. Metodlar: Farg'ona shahar bolalar shifoxonasida allergik kasalliklarga genetik moyilligi bor (atopik anamnez) 3-12 yoshli 20 nafar bola ishtirokida tadqiqot o'tkazildi. Ular nazorat (n=10) va tajriba (n=10) guruhlariga ajratildi. Tajriba guruhiga 1 yil davomida D vitamini va kompleks antioksidant parhez (E, C vitaminlari, resveratrol, kversetin) berildi, GMO va maishiy kimyo vositalari bilan aloqa cheklandi. Natijalar: 1 yildan so'ng tajriba guruhida yallig‘lanishga moyil sitokinlar (IL-6 va TNF-alpha) va Umumiy IgE miqdori nazorat guruhiga nisbatan o'rtacha 34% ga pasaydi, CD4+/CD8+ indeksi barqarorlashdi va allergik xurujlar orasidagi davr 140 kundan 210 kunga uzaydi. Xulosa: Farg'ona viloyati kabi sanoatlashgan hududlarda tashqi muhit triggerlarini nazorat qilish va nutrisiologik qo'llab-quvvatlash allergik jarayonlarning ilk bosqichli profilaktikasida eng samarali strategiya hisoblanadi.