Mazkur maqolada Oʻzbekistonda bolalarda uchraydigan siydik-tosh diatezlarining klinik va laborator xususiyatlari, ularning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar hamda profilaktika usullari yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, bolalarda ko‘proq oksalat va urat diatezlari uchrashi, yoz mavsumida kasallik holatlari ko‘payishi hamda suvsizlanish asosiy xavf omili ekani aniqlangan. Kasallikning oldini olishda to‘g‘ri ichimlik rejimi, ratsional ovqatlanish va muntazam tibbiy nazorat muhim ahamiyatga ega.