Surunkali glomerulonefrit surunkali buyrak yetishmovchiligi va buyrakning progressiv shikastlanishining asosiy sabablaridan biridir. Surunkali glomerulonefrit bilan bog’liq buyrak o’zgarishlarini erta tashxislash uchun zamonaviy diagnostika usullari, jumladan, labora- toriya tekshiruvlari, tasvirlash texnikasi va molekulyar biologik yon- dashuvlardan foydalanish talab etiladi. O’z vaqtida tashxis qo’yish va davolash surunkali buyrak yetishmovchiligiga o’tishning oldini olishga va etarli tibbiy aralashuvni ta’minlashga yordam beradi.