Mazkur maqolada podotsitlar disfunksiyasining surunkali glomer- ulonefrit patogenezida tutgan o‘rni yoritib berilgan. Podotsitlar buyrak glomerulasining filtratsiya to‘sig‘ining asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, ularning buzilishi oqsilning siydikka o‘tishi (proteinuriya), yallig‘la- nish jarayonlarining faollashuvi, glomeruloskleroz va buyrak faoliyatining pasayishiga olib keladi. Maqolada podotsit shikastlanishining molekulyar va hujayraviy mexanizmlari, diagnostik va klinik ahamiyati, shuningdek kasallik kechishidagi roli batafsil tahlil qilingan.