Yarali kolit gastroenterologiyadagi eng jiddiy va hal qilinmagan muammolardan biridir. Yarali kolit – bu yo’g’on ichakning keng tarqa- lgan surunkali kasalligi bo’lib, shilliq qavatdagi yarali-strukturaviy o’zgarishlar bilan tavsiflanadi. Kasallik jiddiy jismoniy va ruhiy noqu- layliklarga olib kelishi mumkin va uni to’liq davolash mumkin emas
- hatto simptomlarni muvaffaqiyatli yengillashtirgan taqdirda ham, qaytalanish ehtimoli saqlanib qoladi. Yarali kolit, hatto remissiya davr- larida ham doimiy monitoring va davolanishni talab qiladi. Yarali ko- litni davolash uzoq muddatli bo’lib, bir necha oydan bir necha yilgacha davom etadi. Agar dastlabki yaxshilanishdan keyin dorilar to’xtatilsa, alomatlar qaytalanish ehtimoli yuqori. Yarali kolitning ehtimoliy sa- bablarini tushunish uning rivojlanishining oldini olishga yordam bera- di. O’z vaqtida tashxis qo’yish va davolash bilan barqaror remissiyaga erishish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash mumkin.