##about.aboutContext##
«Yosh olimlar tibbiyot jurnali» jurnali tibbiyot o‘quv yurtlari talabalari, magistrlar, klinik ordinatorlar, doktorantlar, izlanuvchilar, yosh mutaxassislar, o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar uchun mo‘ljallangan ixtisoslashgan nashr bo‘lib, tibbiyot sohasidagi ilmiy-amaliy innovasion yangiliklarni har tomonlama yoritishni, jurnalxonlarning tibbiy-ilmiy innovasion axborotga bo‘lgan talab-ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirishni, jurnal imkoniyatlaridan keng va samarali foydalanishni o‘z oldiga asosiy maqsad qilib qo‘yadi.
Tahririyat o‘quvchilarni mamlakatimiz va xalqaro tibbiy-innovasion hayotida ro‘y berayotgan voqea va hodisalardan, yangiliklardan xabardor etadi. Shu bilan birga jurnalda mamlakatimiz, shuningdek, jahon tibbiyoti namoyondalarining ilmiy-publisistik yo‘nalishdagi eng sara asarlari chop etiladi. Yosh avlodni sog‘lom turmush tarzi ruhida tarbiyalash, aholining tibbiy savodxonligini oshirishni o‘zining eng asosiy vazifalaridan biri qilib qo‘yadi. Mamlakat, sog‘liqni saqlash idoralari yosh xodimlarining amalga oshirayotgan ilmiy-innovasion ishlarini tahliliy materiallar orqali yoritib boradi.
Tahririyat o‘z faoliyatida O‘zbekistan Respublikasi Konstitutsiyasiga, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 19 dekabrdagi 1017-son qarori bilan tasdiqlangan «Ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentining 1 ilova 5 bandiga asosan hamda O‘zbekiston Respublikasi «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi qonunning 11-moddasi talablariga muvofiqlashtirilgan holda, «Axborot agentligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida», «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, amaldagi boshqa qonunlar va huquqiy hujjatlarga amal qiladi.