Xlor- va fosfororganik pestitsidlar bilan zaharlanishlar organizm uchun yuqori toksik xavf tug‘dirib, avvalo markaziy nerv tizimi, parenx- imatoz organlar va endokrin bezlarda chuqur morfologik hamda funk- sional o‘zgarishlarga olib keladi. Xlororganik birikmalar kumulyativ xususiyatga ega bo‘lib, uzoq davom etuvchi distrofik va nekrobiotik jarayonlarni chaqiradi, fosfororganik pestitsidlar esa xolinesteraza fermentlarini bloklashi natijasida o‘tkir neyrotoksik ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu zaharlanishlarning kliniko-morfologik va toksikologik xusu- siyatlarini chuqur o‘rganish erta diagnostika, samarali davolash va profilaktika choralarini takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega.